Karimova Gulziraxon Axmadbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyat shakllanishining milliy-axloqiy jihatlari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal214.
Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.30.12. 2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Dustmurod Toshpulatovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlar doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy-axloqiy qadriyatlar va texnogen tafakkur mutanosibligini ta’minlash uchun axborotlashgan jamiyatning talablariga moslashishning ijtimoyi-falsafiy jihatlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologiyalar jamiyatning pragmatik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‘lganligi, ularning insonning axloqiy tarbiyasiga ta’siri natijasida texnokratik tafakkur shakllanganligi ochib berilgan;
axborotlashgan jamiyatda “ommaviy madaniyat” va aksilmadaniyatning milliy axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’siridan himoya qilishning pragmatik mexanizmlari ishlab chiqilgan;
axborotlashgan jamiyat shakllanishida axborot madaniyatini uzluksiz rivojlantirishning axloqiy funksiyalari (regulyativ, aksiologik, bilish, kommunikativ) va tamoyillari (jamoaviylik, insonpavarlik, adolatparvarlik) innovatsiyalarga ijobiy munosabati (faollik, konstruktivlik, emotsionallik)ni shakllantirish asoslangan;
axborotlashgan jamiyatda inson dunyoqarashi xavfsizligini ta’minlashning milliy axloqiy me’yorlarga amal qilish, maqsadli faoliyatni tashkil etish, axborot, bilim va xurofotni farqlash sifatidagi ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyat shakllanishining milliy-axloqiy jihatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
texnologiyalar jamiyatning pragmatik ehtiyojlariga javob sifatida paydo bo‘lganligi, ularning insonning axloqiy tarbiyasiga ta’siri natijasida texnokratik tafakkur shakllanganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan “Demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”, “Fuqarolik jamiyati” “Axborotlashgan jamiyat” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25rdekabrdagi 89-03-4449-son ma’lumotnomasi). Natija oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida jamiyatning axborotlashuvi jarayonida innovatsion yondashuvni shakllantirishga, yoshlar texnokratik tafakkuri va axloqiy tarbiyasini yo‘naltirishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda “ommaviy madaniyat” va aksilmadaniyatning milliy axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’siridan himoya qilishning pragmatik mexanizmlari ahamiyati borasidagi tavsiya va xulosalari “O‘zbekistonni jadal rivojlantirish sharoitida yoshlarning tolerantlik dunyoqarashini shakllantirish” mavzuidagi II3-2017-0929280 raqamli fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 iyulidagi 89-03-2856-son ma’lumotnomasi). Natijada axborotlashgan jamiyatda yoshlar kreativ fikr yuritishini va intellektual dunyoqarashini shakllantirishga, aksil madaniyatga qarshi milliy ommaviy madaniyatni rivojlantirishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyat shakllanishida axborot madaniyatini uzluksiz rivojlantirishning axloqiy funksiyalari (regulyativ, aksiologik, bilish, kommunikativ) va tamoyillari (jamoaviylik, insonpavarlik, adolatparvarlik) innovatsiyalarga ijobiy munosabati (faollik, konstruktivlik, emotsionallik)ni shakllantirish to‘g‘risidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Madaniyat xodimlari faoliyatini tashkil etish” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligini 2019 yil 3 apreldagi 01-12-14-1585-son ma’lumotnomasi; Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi (hozirda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi) ning 2019 yil 11 iyulidagi 02-03/437-son dalolatnomasi). Natijada axborot madaniyatining axloqiy funksiyalarini o‘rganish, axborot madaniyatini rivojlantirish, innovatsiyalardoirasida madaniyatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda inson dunyoqarashi xavfsizligini ta’minlashning milliy axloqiy me’yorlarga amal qilish, maqsadli faoliyatni tashkil etish, axborot va bilimning ahamiyatiga oid ilmiy xulosalardan Adolat SDPning 2019 yil Saylovoldi konsepsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Adolat SDP 2019 yil 1 iyulidagi 01-04/203/1-son ma’lumotnomasi). Natija jamiyatni modernizatsiya qilishda fan va ta’lim integratsiyasi innovatsion talablar darajasiga ko‘tarilishiga, ijtimoiy davlat va farovonlik ta’minlangan adolatli fuqarolik jamiyatini qurishda xizmat qilgan.