Baltabaeva Aziza Mannabovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston rus tilidagi adabiyotida qissa janri rivojlanishi» 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil459
Ilmiy rahbar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IKfaoliyatko‘rsatayotganmuassasanomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Pardaeva Zul`fiya Juraevna,filologiya fanlari doktori, professor; Petrivnyaya Elena Kapitonovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchitashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning rusiyzabon adabiyotida qissa janri rivojlanishining o‘ziga xos jihatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning rusiyzabon nasrida rus mumtoz qissachiligining xotira-monolog va monolog-mulohazalarni qo‘llash belgilarining hamda sharq qissasiga xos asotirdan foydalanish, hikoya qilish kabi xususiyatlarining uyg‘unlashishi ochib berilgan;
«rusiyzabon adabiyot» tushunchasi adabiyshunoslik kategoriyasi sifatida shakllantirilgan va badiiy materialni tahlil qilish hamda adabiyotshunoslikda mavjud qarashlarni tizimlashtirish asosida ushbu tushunchani estetik hodisa sifatida ajratib ko‘rsatishga imkon beruvchi shakliy va mazmuniy mezonlari aniqlangan;
O‘zbekistonning rusiyzabon adabiyotidagi qissa janri rivojini tarixiy-madaniy jihatdan individual-mualliflik konsepsiyalari asosida davriylashtirish asoslangan;
O‘zbekiston rusiyzabon qissachiligining estetik (xiqoyaning shakl va mazmun jihatdan yaxlitligi) va janriy (rus va o‘zbek adabiyoti an’analari sintezi) hususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston rusiyzabon adabiyotida povest` janri rivojini tahlil qilish jarayonida ishlab chiqilgan xulosalar, metodik va amaliy tavsiyalar:
O‘zbekiston rusiyzabon adabiyotida qissa janri rivojining o‘ziga xos jihatlarini dalillovchi ilmiy ma’lumotlardan «XVIII asr rus adabiyoti tarixi» dasrligini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-son ma’lumotnomasi).Natijada, mazkur darslikning mazmunida rus qissalarini tadqiq etishga bo‘lgan yangicha yondashuvni yoritish bilan birga unda milliy ta’limning muhim g‘oyasi – yuqori malakali va raqobatbardosh filolog-mutaxassislarni tayyorlash konseptual ravishda o‘z aksini topgan;
rus mumtoz qissachiligining shaxssiz bayondan ichki refleksiyaga o‘tish belgilarining sharq qissasiga xos asotirdan foydalanish, voqea bayonining majoziy umumlashgan xarakterining uyg‘unlashishiga xos badiiy asarni tahlil qilish tizimidan University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China universitetining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP (UNICAC) amaliy loyihasida Markaziy Osiyo va Xitoyda bilim berish uchun hamkorlikni tashkil etishdagi madaniyat bilan bog‘liq masalalarni yoritishda hamda madaniyat va ta’lim masalalari bo‘yicha onlayn-kurslarni o‘tkazishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2789-son ma’lumotnoma). Natijada, badiiy matnlarni tahlil qilishda taklif etilgan struktur-semantik usulning rusiyzabon adabiyotni o‘rganishda ta’lim va tarbiya masalalariga innovatsion yondashuv nuqtai nazaridan samaradorlikka ega ekanligi isbotlangan;
tadqiqotning Suxbat Aflotuniy qissalarida qo‘llanilgan asotirdan foydalanish, hikoyaviy bayon usulining tahlili va xulosalardan «Suxbat Aflatuni – laureat «Russkoy premii»» mavzusida «ZO‘R TV» ning «Dardohlik tuyg‘usi», «Oq shomlar» dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining2020 yil 12 avgustdagi 9/20-son ma’lumotnoma), ko‘rsatuvlarda O‘zbekistonning ushbu zamonaviy rusiyzabon yozuvchisining ijodi, xususan, uning «Glinyanie bukvi, plivushhie yabloki» qissasi kompleks tahlil qilindi. Natijada, tomoshabinlar o‘zbekistonlik yozuvchi Suhbat Aflotuniy haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishdi, bu esa, o‘z navbatida, tomoshabinlarda madaniy bag‘rikenglik tushunchasini shakllantirishga xizmat qilgan;
tadqiqot natijalari O‘zbekiston Rus madaniyat markazida «Rus tili va adabiyotini o‘qitishda yangi texnologiyalar» ilmiy-amaliy seminari doirasida «Suxbat Aflotuniy ijodi – O‘zbekiston rusiyzabon adabiyoti rivojining yangi bosqichi» mavzusidagi ma’ruzani tayyorlashda material vazifasini o‘tagan (Rus madaniyat markazining 2020 yil 17 oktyabrdagi 2/66-son ma’lumotnoma). Natijada ilmiy va madaniy doiraga «rusiyzabon adabiyot», «rus tili yaratilgan qissa», «rus tilidagi qissa janrining evolyusiyasi», «darveshlik tipologiyasi» kabi tushunchalar kiritilgan