Murodova Naziraxon Ilhomjon Qizi
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz, rus va o‘zbek tillarida enantiosemiyaning struktur-semantik xususiyatlari» 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil1595.
Ilmiy rahbar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonkulovich,filologiya fanlari doktori, professor; Ergasheva Guli Ismailovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  ingliz, rus va o‘zbek tillarida enantiosemiyaning strukturaviy semantik o‘ziga xosligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli tizimli tillarda enantiosemiyaning leksik, frazeologik, metaforik, taqlid, nutqiy, shevaga xos, tillararo kabi turlari aniqlangan;
enantiosemiyaning universal belgilari – qarama-qarshilik va ma’nolarning ikkilanishi, farqlanuvchi belgilari – bitta so‘zda qarama-qarshi ma’nolik, konnotativ ma’no, intensifikatsiya, baholash kabi mezonlar nutqda prosodik til vositalari orqali ochib berilgan;
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi enantisemiyaning to‘liq va noto‘liq, yasama va yasalmagan struktur xususiyatlari, leksema, affiks va frazemalar ma’nosiga ko‘ra semantik xususiyatlari asoslangan;
enantiosemiyaning yangi turlari – konseptual enantiosemiya va murojat enantiosemiyasi aniqlanib, ulardan konseptual enantiosemiya chog‘ishtirilayotgan tillarda mavjudligi, murojat enantiosemiyasi esa faqat o‘zbek tilida mavjudligi dalillangan;
enantiosemik birliklarning tarjima qilishda so‘zma-so‘z, muqobil yoki analoglarini topish orqali tarjima qilish usullaridan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va ishlanmalar asosida:
ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi enantiosemiyaning lingvokognitiv xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy til madaniyatini shakllantirish usuli va metodologiyasini ishlab chiqish”  (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 sentyabrdagi 89-03-3181-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda turli tizimli tillarda enantiosemiyaning lingvokognitiv xususiyatlarini qiyosiy-chog‘ishtirma uslubda o‘rganish ko‘nikmalarini shakllantirishga erishilgan; 
chog‘ishtirilayotgan tillardagi enantiosemiyaning semantik turlari xususidagi tadqiqot natijalaridan Rossiya Federatsiyasi va Qozg‘iston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Yoshlar Evroosiyo yo‘li: hamkorlik, zamonaviy diplomatiyada rivojlanish va innovatsiya” xalqaro amaliy loyihasida foydalanilgan (Rossiya Federatsiyasi Prezidenti grantlar Fondining 2020 yil 3 avgustdagi 20-2-008224-son ma’lumotnomasi). Natijada enantiosemiyaning konseptual enantiosemiya va murojaat enantiosemiyasi kabi yangi turlari “Ingliz va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi”, “Leksikologiya”, “Umumiy va qiyosiy tilshunoslik”, “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” kabi yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalari uchun manbalarni boyitishga xizmat qilgan;
enantiosemiyani boshqa leksik birliklar bilan bir qatorda aniq tushunishga yordam beradigan ilmiy qarashlardan Farg‘ona telekanalining “Jarayon” va “Kelajak” dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi 2020 yil  2 iyundagi 12-01/51-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning turli tizimli tillarda so‘zning  semantik xususiyatini ifodalovchi enantiosemiya hodisasi bo‘yicha xulosalarini boyitishga erishilgan;
tahlil qilingan misollar asosida 200 dan ortiq enantiosemik so‘z va iboralarning tahlili va izohlaridan “Enantiosemik so‘zlarning qisqa lug‘ati” (inglizcha, ruscha, o‘zbekcha)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligining 2020 yil 18 sentyabrdagi 002448-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning leksikografik lug‘at manbalaridan yanada kengroq foydalanish imkoniyati yaratilgan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish