Usmonov Botir Shukurillaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuvlar asosida innovatsion rivojlantirish», 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Ped140.
Ilmiy maslahatchi: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Mirsolieva Muxabbat Tuxtasinovna, pedagogika fanlari doktori; Begimqulov Uzoqboy Shoimqulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuvlar asosida innovatsion rivojlantirish mexanizmini yaratish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining innovatsion rivojlantirish mazmuni klasterli yondashuv orqali ta’lim sub’ektlarining vertikal integratsiyasi talablari (hududiy kollaboratsiya, ekspertlar tarmog‘i, klaster kafedralar, klaster texnologiyalari)ni aniqlashtirish hamda ularning innovatsion sinergiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
klasterli yondashuv asosida oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy shart-sharoitlarini ta’lim klasterlarining ijtimoiy-kasbiy moslashish davrini qisqartirishdagi pedagogik imkoniyatlarini empirik baholash asosida takomillashtirish zarurati ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan;
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuv asosida innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-metodik mexanizmlari integratsiyalashgan ochiq, kreativ axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan hamda ichki klasterli hamkorlik tamoyillariga asoslangan “o‘quv-ilmiy kompleks” tizimini kiritish vositasida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuv asosida innovatsion rivojlantirishning tuzilmaviy-bosqichli modeli (mazmunli, texnologik-faoliyatli, tashxislash, natijaviy) ta’lim sohalari bo‘yicha hamkorlik mazmuni va shakllarida gorizontal transformatsiyaga (hamkorlikka psixologik tayyorgarlik, bilimlar transferi, zahiralarni aniqlashtirish, ijtimoiy imidj, kreativ tadbirkorlik) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichlarining o‘sish darajasi (Inputs, Outputs) klasterlar monitoringini amalga oshirish va boshqarishning raqamli transformatsiyaga asoslangan axborot tizimlaridan (data envelopment analysis) foydalanish orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuvlar asosida innovatsion rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining innovatsion rivojlantirish mazmuni, klasterli yondashuv asosida hududiy kollaboratsiya, ekspertlar tarmog‘i, klaster kafedralar, klaster texnologiyalari kabi integratsiya shakllarini amaliyotga keng joriy etish bilan bog‘liq takliflar oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini, fan dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 maydagi 89-01-403-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining innovatsion kompetentligini, ta’lim sifati menejmenti borasidagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
klasterli yondashuv asosida oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini innovatsion rivojlantirishning tashkiliy shart-sharoitlari, ta’lim klasterlarining ijtimoiy-kasbiy moslashish davrini qisqartirishdagi pedagogik imkoniyatlarini empirik baholashga oid tavsiyalar Jahon bankining Akademik Inovatsiyalar fondi “Oliy ta’limni modernizatsiyalash” loyihasi (2016-2021 yillar) mazmuniga kiritilgan va amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 maydagi 89-01-403-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda OTM va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha OTMda “Innovatsion o‘quv-ilmiy komplekslar” faoliyati mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuv asosida innovatsion rivojlantirishning tashkiliy-boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish, innovatsion “o‘quv-ilmiy kompleks” tizimini kiritish bilan bog‘liq takliflardan “O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 27 maydagi 6-4/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish asosida oliy ta’lim muassasalarida mos sohalarning muammolari bilan ishlaydigan innovatsion guruhlar tashkil qilish imkoniyati yuzaga kelgan;
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini klasterli yondashuv asosida innovatsion rivojlantirishning tuzilmaviy-bosqichli modelini ta’lim sohalari bo‘yicha hamkorlik mazmuni va shakllarida gorizontal transformatsiyaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-121 "Razrabotka mexanizma integratsii vuzovskoy nauki v innovatsionnuyu sistemu respubliki" mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 maydagi 89-01-403-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida integratsiyalashgan kasbiy-axborot muhitini shakllantirish, o‘quv jarayonida klaster texnologiyalarini qo‘llash, ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirish talablarini xorijiy tajribalar asosida transformatsiyalash imkoniyati kengaygan;
oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi innovatsion rivojlanish ko‘rsatkichlarining o‘sish darajasi (Inputs, Outputs) klasterlar monitoringini amalga oshirish va boshqarishning raqamli transformatsiyaga asoslangan axborot tizimlaridan (data envelopment analysis) foydalanish borasidagi taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining “Ta’lim sifati menejmenti”, “Ta’lim tizimi menejmenti” malaka oshirish kurslari mazmuni hamda axborot-metodik ta’minotini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 maydagi 89-01-403-son ma’lumotnomasi). Natijada, rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga “Universitet 3.0 modeli va innovatsion faoliyatni tashkil etish” moduli doirasidagi klasterlar menejmenti, statistik tashxis, strategik rejalashtirish, ilmiy-ishlab chiqarish hamkorligini ta’minlash hamda ta’lim xizmatlarini diversifikatsiyalashga oid mazmunni takomillashtirishga erishilgan.