Mahmatqulov Ilhom Turdimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning o‘tmishdagi tasavvuf maskanlari-xonaqohlar arxitekturasini o‘rganish va ulardan samarali foydalanish asoslarini ishlab chiqish», 18.00.01 – Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/A33. 
Ilmiy rahbar: Uralov Axtam Sindarovich, arxitektura doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSc.03/30.12.2019.A.11.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Mavlyuda Amindjonovna, arxitektura doktori, professor; Muhamedjanov Qobiljon Hojimurodovich, arxitektura nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tasavvuf maskanlarining O‘zbekiston arxitekturasi tarixidagi o‘rnini aniqlash, ularning tasnif-tizimi, arxitekturasini yoritib berish, xonaqohlarni saqlash va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda o‘rta asrlarga oid xonaqohlar VIII-IX asrlar - sufiylik harakatlarining paydo bo‘lishi, X-XIII asrlar - xonaqohlar qurilishining ommaviylashuvi, XIV-XVI asrlar - xonaqoh binolarining me’moriy jihatdan rivojlanishi,  XVIII-XIX asrlar - tasavvuf instituti hamda xonaqohlarning tanazzuli kabi tarixiy bosqichlarda rivojlanganligi aniqlangan;
xonaqohlarning arxitekturaviy tipologiyasi asosan hovlili (bir va ko‘p hovlili), hovlili-ayvonli (bir va ko‘p ayvonli, hovlili peshtoqli) va peshtoqli-gumbazli (hovlisiz va hovlili) kabi me’moriy-rejaviy echimlarda shakllanganligi aniqlangan;
xonaqohlar rejaviy-kompozision jihatdan  jamoat xona (zikrxona va masjid), shayx xonasi (keyinchalik shayx maqbarasi), sufiylar uchun hujralar, samoxona, kitobxona, oshxona, musofirxona (ta’qiya), langarxona (taom berish xonasi), Qur’on o‘qishga o‘rgatish xonasi, chillaxona, g‘uslxona va yordamchi xonalar kabi funksional va tarkibiy tuzilishga ega bo‘lganligi isbotlangan;
xonaqohlar asosan doimiy yashash va jamoaviy tadbirlar hamda ibodat qilish uchun; intellektual, umummadaniy va umumhayriya tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan; xonaqoh-ziyoratgohlar; xonaqoh masjidlar kabi to‘rtta yo‘nalishda bunyod etilganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonning o‘tmishdagi tasavvuf maskanlari-xonaqohlar arxitekturasini o‘rganish va ulardan samarali foydalanish asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xonaqohlarning tarixiy rivojlanish bosqichlari va funksiyaviy yo‘nalishlari, shuningdek keng zalli (miyon saroyli), peshayvonli xonaqohlarni masjidlar vazifasida foydalanish, zali uncha katta bo‘lmagan va zal atrofi tashqi ayvonga ega bo‘lmagan xonaqohlarni ziyoratgohlarga aylantirish bo‘yicha olingan natijalar Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlari madaniy meros boshqarmalarida “Hadis markazlari”, xalq amaliy san’ati ustaxonasi va asori-atiqalar muzeyini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 01-12-03-5021-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning o‘tmishdagi tasavvuf maskanlari - xonaqoh binolarini ta’mirlash, ularni saqlash, kelajak avlodga etkazish, obidalarni sayyohlik tomosha marshrutlariga kiritish imkonini bergan;
tasavvuf institutining jamiyat hayotidagi o‘rni va roli, tasavvuf maskanlari-xonaqoh binolarining me’moriy shakllanishi, tadrijiy tipologiyasi va turlari, shahar strukturasidagi joylashishi, ularning me’moriy-rejaviy echimlari, funksiyaviy xususiyatlari va xonalari tarkibi, ekster`er va inter`erlaridagi bezaklariga xos xususiyatlar yuzasidan olingan ilmiy natijalar Xorazm Mamun akademiyasining I-FA-2019-25 raqamli “Xorazm shaharlarining tarixi, madaniy meroslari, obidalari va san’at asarlarining tadqiqotlari asosida SMART texnologiyalarini yaratish” mavzusidagi innovatsiya loyihasining “Diniy binolarning uch o‘lchamli ko‘rinishlarini shakllantirish” bo‘limida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10 noyabrdagi 01-12-03-5021-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston me’morchiligi tarixiga doir xonaqohlar arxitekturasining yaxlit ilmiy echimini yaratish, xonaqohlarni keng jamoatchilik orasida ommalashtirish, xonaqoh binolarini ta’mirlash va qayta tiklash hamda ulardan amaliyotda samarali foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish