Dalimov Numonbek Rustam ug‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shovoz-Dukent grabeni lamprofirlari va ularning ma’dandorligi (Chotqol tizmasi)», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/GM89.
Ilmiy rahbar: Ishbaev Xalbay Djangirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Axundjanov Raxmadjan, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Karabaev Mamatxon Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shavaz-Dukent grabenidagi lamprofirlarning petrologik va geokimyoviy hususiyatlarini va ularning ma’dandorligini batafsil aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shovoz-Dukent grabenida burmalangan mintaqalarga xos bo‘lgan ichkiplita magmatizmi mahsulotlari bo‘lgan – fel`dshpatoidli lamprofirlarning yangi ob’ektlari aniqlangan;
ikki turdagi fel`dshpatli va dalashpatli lamprofir daykalarining geologik-petrografik, petrokimyoviy va geokimyoviy hususiyatlari aniqlangan;
kamptomonchikitlarning mutlaq yoshi va ikki turdagi lamprofirlarning petrogenezisi aniqlangan;
lamprofir daykalarining geokimyoviy ixtisoslashuvi va ularning oltin-kumush-polimetall ma’danlashuvi hosil bo‘lishidagi ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shovoz-Dukent grabeni lamprofirlari va ularning ma’dandorligi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Rb-Sr usuli bo‘yicha kamptomonchikitlarning mutloq yoshi 220 ± 6 mln. teng, bu ularning oxirgi trias - erta yura davrlariga tegishli ekanligi xaqidagi dalillar «Toshkentgeologiya» AJda petro-geokimyoviy ishlari jarayoniga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 03/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, Shovoz-Dukent grabenida lamprofirli daykalarning petro-geokimyoviy xususiyatlarini qayta ko‘rib chiqishga imkon bergan;
ikkita xosil bo‘lish turiga mavjud – fel`dshpat va dala shpati lamprofirlari «Toshkentgeologiya» AJda geologo-qidiruv ishlari jarayoniga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 03/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chotkol tizmasida geologik va petrogeokimyoviy ishlarni to‘g‘ri yo‘naltish imkonini bergan;
ruda tomirlari bilan birga minerallashgan ob’ektlarda (Dukent va Karabau daryolari havzalari) uchraydigan lamprofirlardagi uranlar yuqori miqdori «Toshkentgeologiya» AJ faoliyatiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 26 oktyabrdagi 03/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, Chotkol-Kurama regionidagi xaritalash ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan.