Musaev Dilshod Muxammadjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy O‘zbekiston (Hemiptera: Miridae) co‘qir qandalalari (faunasi, ekologiyasi, xo‘jalik ahamiyati)», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B165.
Ilmiy rahbar: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.V.52.01.
Rasmiy opponentlar: Zokirov Islomjon Ilxomjonovich, biologiya fanlari doktori; Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy O‘zbekiston so‘qir qandalalarining tur tarkibini aniqlash, taksonomik holatini baholash, bioekologiyasini asoslash va zararli turlar sonini boshqarishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Janubiy O‘zbekiston so‘qir qandalalarining faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 5 kenja oila va 30 avlodga mansub 57 turi aniqlangan;
Janubiy O‘zbekiston hududida aniqlangan so‘qir qandalalardan, Myrmecophyes (Fieber, 1870) avlodiga mansub Myrmecophyes alboornatus (Stal, 1858) turi O‘zbekiston faunasi uchun, Creontiades (Distant, 1883) avlodi va shu avlodga mansub Creontiades pallidus (Rambur, 1839) turi va Deraeocoris (Kirschbaum, 1856) avlodiga mansub Deraeocoris rutilus (Herrich-Schaeffer, 1838) turlari ilk bor Markaziy Osiyo faunasi uchun aniqlangan;
Janubiy O‘zbekiston so‘qir qandalalarining biotsenoz va agrotsenozlarda tarqalgan 12 oilaga mansub 51 ta o‘simlik turlari bilan oziqlanishi (trofik aloqalari) ochib berilgan;
Janubiy O‘zbekiston so‘qir qandalalarining tabiiy va agrolandshaftlar bo‘yicha tarqalishi asoslangan;
Janubiy O‘zbekiston g‘o‘za agrobiotsenozida g‘o‘za qandalasining tarqalishi va zarari baholangan hamda ularga qarshi kurash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy O‘zbekiston (Hemiptera: Miridae) so‘qir qandalalari (faunasi, ekologiyasi, xo‘jalik axamiyati) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“G‘o‘zaning o‘simlikxo‘r qandalalar bilan zararlanishining oldini olish va qarshi kurash usullari hamda vositalarini yaratishning ilmiy-amaliy asoslari”, “G‘o‘za maydonlarida zararkunandalarga qarshi kimyoviy vositalarini qo‘llash”, “G‘o‘zani asosiy zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish” amaliy tavsiyalar “O‘zagrokimyohimoya” AJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2020 yil 16 sentyabrdagi 01-12/554-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zada Agrofos-D (sipermetrin + xlorpirifos) va BI-58 (dimetoat) preparatlarining g‘o‘za qandalasiga nisbatan 85–90% biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan;
janubiy O‘zbekistonda tarqalgan so‘qir qandalalarning 5 ta kenja oila, 7 triba, 30 avlod 57 turga mansub jami 524 ta namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 11sentyabrdagi 4/1255-1882-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar so‘qir qandalalar fondini boyitgan va qandalalar turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarni sistematik tahlil qilish imkonini bergan.