Mamatqosimov Jahongir Abirqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda nomoddiy madaniy merosga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1161.
Ilmiy rahbar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.03/30.12.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Nurmanov Abdinazar Tashbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Sayfullaev Baxtiyor, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida nomoddiy madaniy merosga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
retrospektiv yondashuv bo‘yicha nomoddiy madaniy merosga oid bilim va ko‘nikmalar tarixiy va madaniy tajribalar asosida tarixiy, huquqiy, ilmiy, badiiy xususiyatlari davrlashtirilgan; 
nomoddiy madaniy meros yo‘nalishlari(o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari, ijrochilik san’ati, urf-odat, marosim va bayramlari, tabiat va koinot hamda ‎an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar)ning konseptual-metodologik funksiyalari sinergetik yondashuv bo‘yicha isbotlangan;  ‎
kasb-hunar kolleji o‘quvchilarida nomoddiy madaniy merosga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish modeli maqsadli, mazmunga oid, operatsional va baholash bloklarini integrativ tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
nomoddiy madaniy merosga oid bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning didaktik va metodik ta’minoti interaktiv media texnologiyalari orqali takomillashgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘quvchilarda NMMga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
retrospektiv yondashuv bo‘yicha nomoddiy madaniy merosga oid bilim va ko‘nikmalar tarixiy va madaniy retrospektiv yondashuv bo‘yicha nomoddiy madaniy merosga oid bilim va ko‘nikmalar tarixiy va madaniy tajribalar asosida davrlashtirilgan tarixiy, huquqiy, ilmiy, badiiy xususiyatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4038-son qarorining “Moddiy va nomoddiy madaniy meros hamda muzeylar sohasi” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 01-12-14-5728-son ma’lumotnomasi). Natijada nomoddiy madaniy meros yo‘nalishlari (o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari, ijrochilik san’ati, urf-odat, marosim va bayramlari, tabiat va koinot hamda ‎an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar)ni davrlashtirishga xizmat qilgan; 
sinergetik yondashuv bo‘yicha nomoddiy madaniy meros yo‘nalishlari(o‘zlikni namoyon qilishning og‘zaki shakl va an’analari, ijrochilik san’ati, urf-odat, marosim va bayramlari, tabiat va koinot hamda ‎an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar)ning aniqlangan konseptual-metodologik funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 oktyabrdagi “2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 222-son qarori ilovasining 21-, 25-, 27-, 28-bandlari mazmuniga singdirilgan (Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining 2019 yil 18 noyabrdagi 01-02-191-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniyat va san’at kollejlari o‘quvchilarida nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;  ‎
maqsadli, mazmunga oid, operatsional va baholash bloklarini integrativ tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarida nomoddiy madaniy merosga oid bilim va ko‘nikmalarni takomillashtirish modelidan 3150301 – Aktyorlik san’ati (drama teatr aktyori) hamda 3151604 – Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissyori ixtisosliklari Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 89-03-4461-son ma’lumotnomasi). Natijada madaniyat va san’at kollejlarining “Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissurasi va aktyorlik mahorati” va “Aktyorlik mahorati” kabi maxsus fanlar mazmuniga singdirilgan;
nomoddiy madaniy merosga oid bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha interaktiv media texnologiyalari orqali takomillashgan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarning didaktik va metodik ta’minotidan A-1-011 “Nomoddiy madaniy merosning tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlarini ta’lim tizimiga tadbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 noyabrdagi 89-03-4462-son ma’lumotnomasi). Natijada “O‘quvchilarda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini shakllantirishga oid bilim va ko‘nikmalar” mul`timedia dasturi yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish