Xushvaqtov Bekmurod Normurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fizikaning optika bo‘limini noan’anaviy o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3-4.PhD/Ped355.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Djoraev Maxmatrasuljon, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogika oliy ta’lim muassalarida fizika fanining «Optika» bo‘limi mavzularining noan’anaviy o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan umumiy fizika fani bo‘yicha talabalarning kasbiy faolligini belgilovchi innovatsion tendensiyalar, modelli tasavvurlar, real ta’lim amaliyoti tamoyillari xususiyatlari bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy, shaxsiy, maxsus kompetensiyalariga oid elementlarni kiritish asosida aniqlangan;
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchisining malaka talablaridagi gnoseologik, sotsiologik, kibernetik jihatlarni refleksiv, kvantlash va ko‘rgazmalilik kabi yondashuvlar asosida sintezlash orqali kasbiy faoliyatning tashkiliy-funksional komponentlari mazmunan takomillashtirilgan;
umumiy fizika fanining «Optika» bo‘limini o‘qitishda talabalarning fenomenologik bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan “debrifing”, “scientific discussion”, “analise actual problem” kabi no’ananaviy o‘qitish metodlarining didaktik imkoniyatlaridan fizikaviy qonuniyatlar asosida foydalanish metodikasi takomillashtirilgan;
fizika fani o‘qituvchilarining kreativlikka oid kompetensiyalari ilmiylik, uzviylik, onglilik, pedagogik, metodik va didaktik tamoyillarga tayangan holda “iSpring Suite” dasturiy paketida kompleks baholovchi (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ) nostandart test topshiriqlari mazmuni takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Fizikaning optika bo‘limining noan’anaviy o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogika oliy ta’lim muassalarida o‘qitiladigan umumiy fizika fani bo‘yicha talabalarning kasbiy faolligi (innovatsion tendensiyalar, modelli tasavvurlar, real ta’lim amaliyoti)ga oid taklif va tavsiyalar “Umumiy fizika fanining optika bo‘limidan laboratoriya ishlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i, 285-014 raqamli ruxsatnoma). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma fizika fanining o‘quv-metodik ta’minotini yaxshilashga, talabalarning fanga oid kompetensiyalarini rivojlantirishga hamda ta’lim sifatining oshishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining fenomenologik bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan “debrifing”, “scientific discussion”, “analise actual problem” kabi noan’anaviy o‘qitish metodlari, malaka talablari (gnoseologik, sotsiologik, kibernetik), pedagogik qonuniyatlar, innovatsion yondashuvlar (refleksiv, kvantlash, intellektual va ko‘rgazmalilik) asosidagi takliflardan bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarini tayyorlashda o‘quv jarayonida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3362-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur metodik tavsiyalar asosida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining kreativlik kompetensiyalarini o‘quv jarayonida rivojlantirishga erishilgan;
ilmiylik, uzviylik, onglilik, pedagogik, metodik va didaktik tamoyillar asosida bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining kreativlikka oid kompetensiyalarini “iSpring Suite” dasturiy paketida baholovchi (reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ) nostandart test topshiriqlar tizimiga oid taklif va tavsiyalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-13-3 raqamli “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini yanada takomillashtirish va ulardagi jarayonlarni modellashtirishni tadqiq qilish” mavzusidagi hamda 2014-2015 yillarda bajarilgan YoA5-XT-1-31884 raqamli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusidagi amaliy loyihalar doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 sentyabrdagi 89-03-3362-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fizikaning «Optika» bo‘limini o‘qitish-o‘zlashtirish samaradorligi oshishi ta’minlangan.