Daminov Asadullo Suvonovichning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Respublikaning turli biogeotsenozlarida qoramollar trematodozlarining epizootologik va immunologik xususiyatlari», 03.00.06–Zoologiya (veterinariya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /veterinariya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V17.
Ilmiy maslahatchi: Salimov Bo‘ri Salimovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.25 01.
Rasmiy opponentlar: Azimov Jalolidin Azimovich, biologiya fanlari doktori, professor, O‘zR Fanlar akademiyasi akademigi; Oripov Anvar Oripovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Dadaev Saydulla Dadaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: M.Isaev nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli biogeotsenozlarda qoramollar trematodozlari – fassiolyoz va paramfistomatozlarning epizootologik va immunologik xususiyatlari va ularda kechadigan morfobiokimyoviy, immunologik o‘zgarishlarni aniqlash hamda ularga qarshi yangi zamonaviy yangi takomillashgan davolash va oldini olish choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikaning markaziy va o‘rta qismlaridagi biogeotsenozlarda qoramollarning jigar va oshqozon-ichak tizimida parazitlik qiluvchi fassiolyoz va paramfistomatoz qo‘zg‘atuvchilarning tur tarkibi, ularning bioekologik xususiyatlari, ushbu kasalliklarning hozirgi epizootologik holati aniqlangan;
paramfistomatoz qo‘zg‘atuvchilarning oraliq xo‘jayinlarining ekologiyasi, ularning partenitlar bilan zararlanganligi mollyuskalar faollik davrida o‘zgarishi aniqlangan;
qoramollarda fassiolyoz va paramfistamatozlarining tarqalishiga imkon beruvchi ekologik omillar tahlil qilingan;
paramfistomatozlarga chalingan qoramollarning klinik, gematologik, biokimyoviy hamda immunologik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
qoramollarning fassiolyoz va paramfistamatoz kasalliklarini davolash va oldini olishning takomillashgan chora-tadbirlari ishlab chiqilgan;
fassiolyoz va paramfistomatozlarning turli shakllari – mono va poliinvaziya shakllarida kasallikning o‘tkir va surunkali kechish davrlarida qoramollar organizmida rivojlanadigan patologik o‘zgarishlar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qoramollarningparazitar kasalliklarining oldini olish va yangi zamonaviy spesifik va nospesifik davolash choralarini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
«Qishloq xo‘jaligi hayvonlarining jigar trematodozlari, ularni davolash va oldini olish chora-tadbirlari» mavzusidagi tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 09.11.2016 yildagi 48/1-1688-son ma’lumotnomasi). Bunda gel`mintoz bilan zararlangan chorva mollarini davolash, oldini olish chora-tadbirlari o‘z vaqtida olib borilishi natijasida hayvonlarning ushbu kasallik bilan kasallanishi sezilarli darajada kamayishiga erishilgan;
qoramollarning trematodozlarini aniqlash, tashxislash, davolash va profilaktika choralari bo‘yicha tadqiqot natijalari Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Buxoro viloyatlari chorvachilik fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan. (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 15.09.2016 yildagi 48/4-1382-son ma’lumotnomasi). Bunda chorva mollarining nobud bo‘lishi 10–20 foizga kamaygan, mahsuldorlik ko‘rsatkichi 20–30 foizga oshgan va iqtisodiy samara har bosh hayvon hisobiga 400–500 ming so‘mni tashkil etgan.