Ismatova Mexriniso Nasridinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Insulinrezistentlik sindromida tomir trombotsitar gemostaz holati» 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya; 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib442.
Ilmiy rahbarlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori; Qayumov Ulug‘bek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Suleymanova Dilora Nagalovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat To‘labaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi: metabolik sindrom xavf omillari va gemostaz tizimi holatini aniqlash asosida, uni erta tashxislash hamda davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metabolik sindromda trombotsitlarning adgeziya va agregatsiya faolligining kuchayishi va tromboksan V2 miqdorining oshishi, giperkoagulyasiya shakllanishiga olib kelishi isbotlangan;
insulinrezistentlik sindromida uglevodlar va lipidlar almashinuvining o‘zgarishi, qon tomir devorining o‘tkazuvchanligi buzilishi oqibatida tomir trombotsitar gemostaz faolligi kuchayib, tromboksan V2 miqdorining oshishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor metabolik sindrom tarkibiy qismlari (giperlipidemiya, qon bosimi oshishi, Ketle indeksi o‘zgarishi) bilan trombotsitlar agregatsiyasi kuchayishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi aniqlangan;
insulinrezistentlik sindromi mavjud bemorlarda gemostaz buzilishida kompleks davo tarkibiga biguanidlar va antiagregantlar qo‘llash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindromning asosiy tarkibiy qismlarini turli toifalarida gemostaz kasalliklarining qiyosiy ahamiyatini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
"Metabolik sindromda trombotsitar gemostazni me’yorlashtirish usuli" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 8n-d/317-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma metabolik sindromning xavf darajasini baholashning aniqligini oshirish imkonini bergan.
"Metabolik sindromda gemostaz tizimini baholash" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 8n-d/317-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gemostaz tizimi holatini baholash turli xil asoratlar xavfini kamaytirish va nogironlikning oldini olish imkonini bergan.
MS mavjud bemorlarni o‘z vaqtida davolash va oldini olish tadbirlarini o‘tkazish, turli xil asoratlar, nogironlik xavfini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash soxasi amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi, Buxoro shahridagi 3-son oilaviy poliklinikalarning klinik amaliyotiga tadbiq etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6-noyabrdagi 8-z/147-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etilishi metabolik sindromga aniq tashxis qo‘yish usullarini takomillashtirish, davo muddatlarini qisqartirish va tromboembolik asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.