Daliev Adxamjon G‘ulomovichning
doktorlik (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktab yoshidagi bolalarda allergik rinitni klinik-funksional xususiyatlari va davolashini takomillashtirish», 14.00.04 – «Otorinolaringologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib 407.
Ilmiy maslahatchi: Arifov Sayfutdin Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Krivopalov Aleksandr Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent (Rossiya Federatsiyasi); Shamsiev Jaxongir Fazlitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Narzullaev Nuriddin Umarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston)   
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda allergik rinitni majmuaviy  tashxislashni  va davolashga qiyosiy yondashishni organizm boshlang‘ich vegetativ tonusining kasallikning klinik-morfologik ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish  asosida  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
ilk bor allergik rinit bilan xastalangan bolalarda boshlang‘ich  vegetativ tonusining vagotonik turi yuqori ekanligi asoslangan;
allergik rinit bilan xastalangan va boshlang‘ich vegetativ tonusning normotonik turiga ega bo‘lgan bolalarda vegetativ ta`minlanganlikning me`yoriy, simpatikatonik turiga mansublarda asimpatikotonik va vagotonik turidagilarda taxikardik varianti aniqlangan;
vegetativ tonusining noturg‘unligi allergik rinit bilan xastalangan va boshlang‘ich vegetativ tonusning vagotonik turiga mansub bolalarda gipersimpatikotonik, simpatikotoniyada asimpatikotonik va normotoniyada me’yoriy reaksiya bilan namoyon bo‘lishi ishonarli ravishda aniqlangan;
tajribada allergik rinit chaqirilgan xayvonlar burun bo‘shlig‘i to‘qimalaridagi morfologik buzilishlar dissirkulyator, distrofik-nekrotik, yallig‘lanish va tartibsiz o‘zgarishlarning birgalikda uchrashi bilan tavsiflanishi aniqlangan;
allergik rinit chaqirilgan tajriba xayvonlarida burun bo‘shlig‘i tuzilmalaridagi barcha morfologik o‘zgarishlar organizm boshlang‘ich vegetativ tonusining parasimpatikotonik turida yaqqolroq shakllarda namoyon bo‘lishi tajriba qismida isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iboratki, bolalarda allergik rinitni aniqlash va klinik-funksional xususiyatlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar, vegetativ nerv tizimi ko‘rsatkichlari mamlakatimizda bu sohada yanada tadqiqotlar rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek, klinik va tajriba tadqiqotlar natijalarini qiyosiy tahlil qilish, bu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlarni takomillashtirishga hissa qo‘shgani bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarning amaliy ahamiyati esa allergik rinitning boshlang‘ich vegetativ tonus turini hisobga olgan holda taklif etilgan va sinovdan o‘tgan bosqichma-bosqich davolash usuli sog‘liqni saqlash tizimida tashkiliy, davolash va profilaktik chora-tadbirlarni rejalashtirish, miyoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun aniq takliflar berish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalarda allergik rinitni tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Neyrovegetativ va allergik rinit bolalarda vegetativ nerv tizimi holatini aniqlash usuli» mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 iyuldagi 8n-r/300 son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma allergik rinitni tashhislashni va to‘la qonli davolashni ta’minlagan;
«Bolalar va o‘smirlarda neyrovegetativ va allergik rinitda burun epiteliysining siliar faolligini o‘rganish usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 iyuldagi 8n-r/301 son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma allergik rinit bemorlarning tekshirishning tashhislash mezonlarini aniqlash hamda davolashni takomillashtirish imkonini bergan;
«Maktab o‘quvchilarining vegetativ nerv tizimining dastlabki holatini inobatga olgan holda allergik rinitning bosqichma-bosqich farmakoterapiyasini o‘zgartirish usuli» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 iyuldagi 8 n-r/302 son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma allergik rinit bemorlarning tekshirishning tashhislash va majmuaviy davolash imkonini bergan; 
olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi, otorinolaringologiya bo‘limi va poliklinika otorinolaringologiya xonasi, Andijon shahar tibbiyot birlashmasining tibbiy poliklinika otorinolaringologiya xonasi va Baliqchi tuman tibbiyot birlashmasining poliklinika otorinolaringologiya xonasi amaliyotiga, shuningdek Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv jarayoniga joriy qilingan.Olingan natijalarni amaliyotda qo‘llash bolalarda allergik rinitni tashhislashni yaxshilash, nospesifik terapiya samaradorligini oshirish va kasallikning qaytalanish sonini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish