Imomov Umidjon G‘ayratjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyot sharoitida bank sug‘urtasi va uni rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt714. 
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyot sharoitida bank sug‘urtasi va uni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank sug‘urtasini joriy qilish, sug‘urta polislarini tijorat banklar va ularning tarmoqlari orqali sotish asosida tijorat banklari hamda sug‘urta kompaniyalarining o‘zaro munosabatlari muvofiqlashtirilgan; 
mijozning to‘lov qobiliyati hamda ta’minoti garovini hisobga olgan xolda tijorat banklarida sug‘urta tashkilotlari bilan hamkorlikda kreditning qaytarilishi kafolatini ta’minlaydigan sug‘urta bozori tuzilmasi taklif etilgan;
tijorat banklari portfeli hamda kafilliklarini sug‘urta qilish mexanizmi bosh polis va bosh shartnomani kiritish asosida takomillashtirilgan; 
moliya-kredit tashkilotlarida sug‘urta agenti faoliyatini yo‘lga qo‘yish asosida sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
innovatsion iqtisodiyot sharoitida bank sug‘urtasi va uni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:    
bank sug‘urtasini joriy qilish, sug‘urta polislarini tijorat banklar va ularning tarmoqlari orqali sotish asosida tijorat banklari hamda sug‘urta kompaniyalarining o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifdan “Kapital Sug’urta” aksiyadorlik jamiyatida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishda foydalanilgan (“Kapital Sug’urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 5 martdagi 01/0385-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida sug‘urta kompaniyasida 2018 yildagi (14, 16-klasslar bo‘yicha) tushum 2017 yilga nisbatan 179,5 foizga oshgan. 2017 yilda yuqoridagi klasslar bo‘yicha jami tushum 548,03 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa 2018 yilda bu ko‘rsatkich 984,1 mln. so‘mni tashkil etgan; 
mijozning to‘lov qobiliyati hamda ta’minoti garovini hisobga olgan xolda tijorat banklarida sug‘urta tashkilotlari bilan xamkorlikda kreditning qaytarilishi kafolatini ta’minlaydigan sug‘urta bozori tuzilmasini taklif etish asosida “Agrobank” ATB bilan o‘zaro hamkorlik faoliyatida foydalanilgan (“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 27 maydagi 19-06/1318-son ma’lumotnomasi). Natijada, (15-klass bo‘yicha) sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lami kengaygan, 2018 yilda (15-klass bo‘yicha) tushum 2017 yilga nisbatan 32 barobarga oshgan. 2017 yilda yuqoridagi klass bo‘yicha jami tushum 1 936,2 mln. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda esa bu ko‘rsatkich 62 285,6 mln. so‘mni tashkil etgan;
tijorat banklari portfeli hamda kafilliklarini sug‘urta qilish mexanizmi bosh polis va bosh shartnomani kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif “Kapital Sug’urta” aksiyadorlik jamiyatida “Kapitalbank” ATB ning kredit portfelini sug‘urtalash jarayonida foydalanilgan (“Kapital Sug’urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 5 martdagi 01/0385-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida sug‘urta kompaniyasining 15-klass Kafillikni (kafolatlarni) sug‘urta qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan qoidalarini (yo‘riqnomalarini) amaliyotda yanada samarali tashkil etish yuzasidan o‘zgartirishlar kiritilgan;
moliya-kredit tashkilotlarida sug‘urta agenti faoliyatini  yo‘lga qo‘yish asosida sug‘urta bozorini rivojlantirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha taklifi asosida “O‘zavtosanoat lizing” MChJ (07.02.2018 yildagi 0100/0260-1-sonli bitim) va “Agrolizing” AJ (16.11.2018 yildagi 299-sonli bitim) tashkilotlari bilan agentlik bitimi tuzildi (“Kapital Sug’urta” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 5 martdagi 01/0385-son ma’lumotnomasi). Ushbu bitim asosida 2018 yilda 1740,3 mln. so‘m sug‘urta mukofoti tushumlari ta’minlangan. Natijada, yuqoridagi lizing tashkilotlariga 435,07 mln. so‘m vositachilik haqi to‘lab berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish