Bumatova Aidaxon Merganovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sharq lirik janrlarining inglizcha tarjimalarida shakliy-semantik va poetik uyg‘unlik ﴾g‘azal va ruboiy misolida﴿”. 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil343.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Qulmamatov Do‘stmamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Salieva Zarina Ilxomovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: g‘azal va ruboiy janrlarini ingliz tiliga tarjima qilishda uyg‘un tarjimaga erishish jarayonini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
g‘azal va ruboiy matnining bevosita va bilvosita amalga oshirilgan turli tarjima variantlarini o‘zaro qiyosiy tahlilga tortish orqali Sharq lirik janrlari, xususan, g‘azal va ruboiylarni ingliz tiliga tarjima qilishdagi mavjud muammolar misollar asosida ochib berilgan;
shakliy-semantik va poetik uyg‘unlikka erishish borasidagi tajribalarni umumlashtirib, soha rivojini ta’minlashga qaratilgan nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
sharq lirik janrlarining ingliz tiliga qilingan tarjimalarida shakliy-semantik va poetik matnlar sifatini baholash uchun ilk marta “uyg‘unlik” kategoriyasi kiritilgan va ilmiy dalillangan;
sharq lirikasi, xususan, turkiy g‘azal va ruboiy janri namunalarini ingliz tiliga tarjima qilish jarayonida qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan asosiy tamoyillar ishlab chiqilgan;
g‘azal va ruboiy matnlarining bilvosita va bevosita amalga oshirilgan turli tarjima variantlarining o‘zaro qiyosiy tahlili asosida shakliy-semantik va poetik uyg‘unlikni keltirib chiqaradigan omillar dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sharq lirik janrlarining inglizcha tarjimalarida shakliy-semantik va poetik uyg‘unlik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Alisher Navoiyning “Unutmog‘ilki to hajr etti bedod”, “Qon yoshum sorig‘ yuz uzra oshkor etti firoq”, “Yor chun istarki, bo‘lg‘aymen mudom andin yiroq” va “Kelgusi ul sarvi siyminbar guli serobdek” misralari bilan boshlanuvchi g‘azallari tarjimasidan “Jahon adabiyoti” jurnalining “Navoiy saboqlari” ruknida foydalanilgan (“Jahon adabiyoti” jurnali 2020 yil 6 iyundagi 56-son ma’lumotnomasi). Natijada jurnal rukni uyg‘un tarjima tamoyillari asosida amalga oshirilgan she’riy tarjimalar bilan boyitilgan;
aruz vaznidagi g‘azal va ruboiylarning ingliz tiliga uyg‘un tarjima qilish tamoyillari asosida amalga oshirilgan E.Vohidovning “Inson” qasidasitarjimasidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan aruz vaznida bitilgan asarlarni tarjima qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 3 iyuldagi 01-03-01/625-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotini xorijda targ‘ib etish ishlari samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
poetik ifoda usullarini tarjimada saqlashga oid qarashlar, qofiya, radif va badiiy san’atlarning qo‘llanilish tamoyillariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Bokudagi Ozarbayjon Fanlar akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutida o‘zbek adabiyotini o‘rganuvchilar uchun tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Ozarbayjon Fanlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining2020 yil 15 avgustidagi 55-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘azal va ruboiylar hamda o‘zbek shoirlarining jahon adabiyotidagi o‘rni haqida talabalarda zarur bilim va ko‘nikmalar shakllantirilgan;
tadqiqot mazmuni yuzasidan e’lon qilingan maqolalardagi muhim ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatining 56-01/10-son loyihasi doirasida chop etilgan “Pilgrimage places and scared shrines in Uzbekistan” ingliz tilidagi mobil ilovaning tarjimasida foydalanilgan (“O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyatining 2020 yil29 sentyabrdagi 55-son ma’lumotnomasi). Natijada ilova tarjimasiga kiritilgan matnlarda shakliy va poetik ma’nolarning uyg‘unligini ta’minlashga erishilgan;
g‘azal va ruboiy matnlarini ingliz tiliga uyg‘un tarjima qilishga oid tavsiya va ilmiy xulosalardan ITD-1-098 raqamli “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda Alisher Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyati” (2012-2014) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil14 sentyabrdagi 89-03-3306 son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy g‘azallaridagi ma’naviy va ahloqiy qarashlar uyg‘un tarjimasining boyishiga asos bo‘lgan;
Alisher Navoiy g‘azallarining inglizcha tarjimalaridagi badiiy san’atlarni qayta tiklashga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” DUK teleradiokanalida efirga uzatiladigan “Navoiyni anglash” va “Shoh va shoir” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 23 iyundagi 02-14-679-son ma’lumotnomasi). Natijada teledastur uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan.