Allayorov To‘lqin Ro‘ziqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilidagi buyruq va so‘roq konstruksiyalarining lingvopoetik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili ixtisosligi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil476.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Guliston davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.91.02.
Yetakchi tashkilot nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek badiiy adabiyoti matnlari tizimidagi buyruq va so‘roq konstruksiyalarning poetik xususiyatlarini badiiy nutq sifati nuqtai nazaridan baholash hamda ularning lingvopoetik imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘zbek tilshunosligida buyruq va so‘roq konstruksiyalarining matnni shakllantirishdagi o‘rni hamda lingvopoetik xususiyatlari monografik asosda ko‘rsatilgan;
turli davrlarda yaratilgan badiiy asarlar matnida qo‘llanilgan buyruq va so‘roq konstruksiyalar aniqlanib, ularning lingvopoetik xususiyatlari misollar tahlili asosida dalillangan;
she’riy nutqda qo‘llanilgan buyruq va so‘roq konstruksiyalarning funksional-semantik xususiyatlari izohlangan hamda buyruq va so‘roq vaziyati semantikasida muallifning uslubiy mahorati ochib berilgan;
badiiy matndagi buyruq va so‘roq konstruksiyalar nutqni individuallashtiruvchi uslubiy, sintaktik va emotsional-ekspressiv vosita ekanligi isbotlangan;
buyruq va so‘roq konstruksiyalarining badiiy matnni shakllantiruvchi xususiyati asar muallifi nutqidan hamda monologik va dialogik nutq ko‘rinishlaridan olingan misollar yordamida asoslangan;
o‘zbek tilidagi buyruq va so‘roq konstruksiyalarining she’riy nutqda badiiy san’at hosil qilish imkoniyatlari, nasriy nutqda badiiy-estetik qo‘llanish xususiyatlari lingvopoetik tahlil tamoyillari asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilidagi buyruq va so‘roq konstruksiyalarining funksional-semantik va lingvopoetik xususiyatlari tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi badiiy matnlar imperativ va interrogativ birliklarning lisoniy imkoniyatlari, ularning leksik-grammatik hamda lingvopoetik xususiyatlari tadqiq etilishi natijasida olingan xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-018-raqamli «O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 iyundagi 89-03-2182-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur qismdagi nazariy fikrlarning illyustrativ misollar bilan dalillanish darajasi ortgan;
o‘zbek tilidagi badiiy asarlarda qo‘llanilgan buyruq va so‘roq konstruksiyalarining leksik-semantik, lingvopoetik va badiiy-estetik tahlil tamoyillari asosida chiqarilgan ilmiy xulosalardan 2018-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-G003 raqamli «Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» («Funksional`noe slovoobrazovanie v sovremennom karakalpakskom yazike») hamda FA-A1-G007 raqamli «Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot ob’ekti sifatida» mavzularidagi fundamental va amaliy ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2020 yil 17 avgustdagi 141/1-sonli ma’lumotnomasi). Natijada poetik va nasriy nutq ko‘rinishlarida imperativ va interrogativ konstruksiyalarning funksional-semantik xususiyatlari va badiiy-estetik imkoniyatlari haqida xulosalar chiqarishga erishilgan.