Abdusattarova Sitora Faxriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fuqarolik jamiyati rivojlanishida ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal183.
Ilmiy rahbar: Madaeva Shaxnoza Omonullaevna falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12.2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Ismoil Saifnazarov Saifnazarovich falsafa fanlari doktori, professsor;  Muminov Alisher Gaffarovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  fuqarolik jamiyatida barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun ijtimoiy jarayonlarni modellashtirish zaruriyatini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy jarayonlar demokratik nuqtai nazaridan anglashda va modellashtirishda integrativ va ijtimoiy-kibernetik kabi xususiyatlari ishlab chiqilgan; 
fuqarolik jamiyatida modellashtirishning murakkab tizimi an’anaviy va zamonaviy taraqqiyot trendlari kombinatsiyasida jamiyat ongi imperativlarining yetakchi axloqiy g‘oyaviy yo‘nalishi sifatida shakllanishi qonuniyati asoslangan; 
fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va ijtimoiy hayotning innovatsion o‘zgarishi konsepsiyasi mohiyatan demokratik islohotlarning konseptual modeli ekanligi matematik-kibernetik va sotsiometrik tahlil orqali dalillangan;
ijtimoiy tizimning o‘ziga xos jihatlarini ochib beradigan ijtimoiy-falsafiy takliflar va unda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishning gipotetik-deduktiv usuli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Fuqarolik jamiyati rivojlanishidagi ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy tizimlardagi o‘zgarishlarni  zamonaviy demokratik o‘zgarishlar nuqtai nazaridan anglashda modellashtirishning o‘ziga xos hususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tinglovchilariga mo‘ljallangan «Harbiy sotsiologiya» va «Falsafa» nomli o‘quv qo‘llanmalari mazmuniga singdirildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-03-3003-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o‘quv-uslubiy ta’minoti mazmunini boyitishga erishildi;
fuqarolik jamiyatida modellashtirishning murakkab tizimi an’anaviy va zamonaviy  taraqqiyot trendlari kombinatsiyasida jamiyat ongi imperativlarining yetakchi ahloqiy g‘oyaviy yo‘nalishlari tomon shakllanishi degan qonuniyati nazariy-metodologik bazasidan O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi Kodeksi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi 2020 yil 11 noyabrdagi 04-06/138-20-son dalolatnomasi). Natijada O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi faoliyatini optimizatsiyalash, NNT rahbarlari va mutaxassislarining bilim hamda malakalarini oshirishga xizmat qilgan.
fuqarolik jamiyatining rivojlanishi va ijtimoiy hayotning innovatsion o‘zgarishi konsepsiyasi mohiyatan demokratik islohotlarning konseptual modeli ekanligi matematik-kibernetik va sotsiometrik tahlil bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5938-son Farmonida belgilangan vazifalarni samarali joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» 11-bandidagi «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyiliga asoslangan tizimni joriy etishga doir qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni shakllantirish va takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi 2020 yil 24 noyabrdagi 02-02/1637-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
ijtimoiy tizimning o‘ziga xos jihatlarini ochib beradigan ijtimoiy-falsafiy takliflar va unda sodir bo‘layotgan ijtimoiy jarayonlarni modellashtirishda O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 12 aprelda qabul qilingan «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi O‘RQ-474-son Qonunining 6,7,11-moddalarini, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 dekabrda qabul qilingan «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida»gi O‘RQ-588-son Qonunining 9, 12, 13, 18-moddalarini shakllantirishda hamda takomillashtirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish  qo‘mitasining 2020 yil 16 iyuldagi 08-13/1149-son dalolatnomasi). Natijada «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilik nazorati monitoringiga tegishli qonun hujjatlarida belgilangan normalar ijrosining sifatini oshirishda foydalanish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish