Qosimova Ozoda Xudoynazarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Talaba-qizlarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish texnologiyasi», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).      
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped337.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/03.001.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Kibriyo, pedagogika fanlari nomzodi, professor; Xodjaev Begzod, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talaba-qizlarning milliy ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy sharoitda talaba-qizlarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirishning tarixiy (vorisiylik, an’anaviylik, qadriyatga yo‘nalganlik) va innovatsion (ijtimoiy faollik, genderga oid, tadbirkorlik) jihatlari milliy pedagogikaning ijtimoiy-pedagogik asoslariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
milliy ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish yo‘llari (faoliyatga undash, ongga ta’sir, baholash) axloqiy qarashlarga ta’sir etuvchi funksiyalarga (daxldorlik, hamkechinmalik, keskinlik, bartaraf qilish, qarshi turish) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talaba-qizlarning milliy ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish imkoniyatlari badiiy pedagogika xususiyatlari (badiiy-ma’rifiy, badiiy-ifodaviylik, obrazlar uyg‘unligi, xulq-atvor me’yorlari, amaliy) doirasida auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar (mustaqil o‘rganish, debat, teleko‘rsatuv, to‘garaklar) mazmunini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
milliy ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllanganlik diagnostikasini amalga oshirish jarayonlari hamkorlik, ijodkorlik, faollikka qaratilgan baholash mezonlarini (hurmat, intilish, munosabat, barqarorlik, sog‘lom turmush tarzi kabi) kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talaba-qizlarning milliy ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot  natijalari asosida: 
talaba-qizlarning milliy ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirish bosqichlari (kognitiv, tanlov, anglash, odatlantirish, mustahamlash, tuzatish), tarixiy va innovatsion o‘ziga xoslikning konseptual asoslariga (tasnif, maqsad, g‘oya va tamoyillar) doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining  2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son qarori bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 17 iyundagi 02/07-571-son ma’lumotnomasi). Mazkur konsepsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali ma’naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish yo‘llari (faoliyatga undash, ongga ta’sir, baholash), axloqiy qarashlarga ta’sir etuvchi funksiyalar (daxldorlik, hamkechinmalik, keskinlik, bartaraf qilish, qarshi turish), badiiy pedagogika xususiyatlari doirasida auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar (mustaqil o‘rganish, debat, teleko‘rsatuv, to‘garaklar) mazmuniga doir taklif va tavsiyalardan ITD-4-122 raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2009-2011 yy.) loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 89-03-2454-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning umumpedagogik texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ma’naviy-axloqiy fazilatlarning rivojlanganlik diagnostikasini amalga oshirish jarayonlari, hamkorlik, ijodkorlik, faollikka qaratilgan baholash mezonlariga (hurmat, intilish, munosabat, barqarorlik, sog‘lom turmush tarzi kabi) doir takliflardan OT-F1-36 raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” (2017-2020 yy.) loyihasini ishlab chiqish va joriy etishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 iyuldagi 89-03-2454-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha talaba-qizlarda ma’naviy tarbiya darajasi, milliy va umuminsoniy madaniyat, qadriyatlarga sodiqlik ko‘rsatkichlari monitoringini yuritish, zarur choralarni belgilab borish imkonini yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish