Seytnazarova Tillaxan Elmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning uzoq geografik duragaylarini seleksion-genetik baholash asosida boshlang‘ich ashyo yaratish”, 06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx202.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Saida Abdisamatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
Rasmiy opponentlar: Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Qaxxorov Izzatullo Tilavoevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy - tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘zaning introgressiv shakllari va tola chiqimi yuqori, geografik kelib chiqishi jihatdan uzoq bo‘lgan navlari asosida hosildor, tezpishar, yuqori tola chiqimi va sifatiga ega tizma va navlar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor seleksiya jarayonlarida qo‘llanilgan g‘o‘za kolleksiyasidagi yuqori tola chiqimiga ega xorijiy davlat navlari va introgressiv shakllar ishtirokida oddiy uzoq geografik duragaylash usuli asosida yangi rekombinantlar olingan;
olib borilgan seleksion-genetik tahlillar asosida belgilarning transgressiya chastotasi va darajasi yuqori bo‘lgan duragay kombinatsiyalar ajratilib olingan;
tolaning SCI (tolaning yigiruvchanlik indeksi) ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan duragay kombinatsiyalar aniqlangan;
duragay populyasiyalardagi tanlov samaradorligi, seleksion differensial va tanlov intensivligi asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning uzoq geografik duragaylarini seleksion-genetik baholash asosida yangi boshlang‘ich ashyo yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
G.trilobum Skovsted, G.lobatum Gentry, G.harknessii Brandg., shuningdek, ruderal` shakllar: G.hirsutum L. ssp. yucatanense va G.hirsutum L. ssp. punctatum var. rurpurascens (Poir.) Mauer ishtirokida olingan introgressiv shakllar va yuqori tola chiqimiga ega xorijiy davlat seleksiyaga mansub Sls 21726, “Nomsiz” (0224), “Nomsiz” (011761) kelib chiqishi AQSh, G252-2, Qualla Lot 361, Qualla Lot 361 kelib chiqishi Avstraliyadan bo‘lgan kolleksiya namunalaridan foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi №04/020-2991-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu manbalarning seleksiyada samaradorligi isbotlab, seleksiya ishlarida foydalanilgan;
tadqiqotlar natijasida kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga ega jumladan, o‘suv davri davomiyligi 104 kun, mahsuldorlik ko‘rsatkichi 156,1 g, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni 6,0 g, 1000 dona chigit vazni 111,6 g, tola chiqimi 39,6%, tola uzunligi 1,2 dyuym bo‘lgan F4(L-578 x S-6596) kabi oilalari ajratib olingan va yuqori tola chiqimi va sifatiga ega navlar yaratishda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi №04/020-2991-son ma’lumotnomasi). Natijada hosildorligi yuqori, vertisillyoz viltiga nisbatan bardoshli, tola chiqimi 39-40% va tola sifati IV-tipga mansub o‘rta tolali g‘o‘zaning S-6781 navi yaratilgan;
o‘tkazilgan ko‘p martali maqsadli tanlovlar va T-921 tizmasining navdorligini oshirish natijasida S-6781 navi yaratilgan va Sirdaryo tumani “Aslon Ibn Raxmon” fermer xo‘jaligida jami 0,70 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 sentyabrdagi 04/020-2991-son ma’lumotnomasi). Natijada navning rentabellik darajasini 16-20% ga oshirish imkonini bergan.
S-6781 navining urug‘lik materiallari O‘zR FA Genetika va O‘EB institutining “G‘o‘za genofondi” noyob ob’ekti kolleksiyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2020 yil 13 noyabrdagi 4/1255-2510-son ma’lumotnomasi). Bu o‘rta tolali g‘o‘za namunasi kolleksiyasi fondini yanada boyitish imkonini bergan.