Mamatisaev G‘iyosiddin Ilxomidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Elementlarining o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda bino qutisimon konstruksiyasining dinamik hisoblash usuli», 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T626.
Ilmiy rahbar: Usarov Maxamatali Koraboevich, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdusattorov Abdusamat, texnika fanlari doktori, professor; Xudoynazarov Xayrulla, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi materialning konstruktiv xususiyatlarini, geometrik va mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda, dinamik yuk ta’sirida binolarning qutisimon fazoviy modellarining kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatini dinamik hisoblash algoritmi va uslubini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
balka va plastinasimon elementlarining xavfli kesimlarini aniqlash imkonini beruvchi va ularning o‘zaro bog‘liqlik shartlarini to‘laligicha hisobga oluvchi bino konstruksiyasining qutisimon dinamik modeli takomillashtirilgan;
dinamik ta’sirlar ostida plastinasimon va balka elementlaridagi, hamda ularning bog‘lanish choklaridagi ko‘chish va kuchlanishlarining taqsimlanish qonuni va maksimal qiymatlarini aniqlash imkonini beruvchi bino qutisimon konstruksiyasining erkin va majburiy tebranishlari masalalari shakllantirilgan  va echish usullari ishlab chiqilgan;
seysmik ta’sirlar natijasida bino qutisimon konstruksiyasining tashqi plastinasimon elementlarining kuchlanganlik – deformatsiyalanganlik holatini sonli dinamik hisoblash uslubi ishlab chiqilgan;
seysmik ta’sirlar natijasida bino qutisimon konstruksiyasi ichki plastinasimon elementlarining kuchlanganlik – deformatsiyalanish holatini sonli dinamik hisoblash uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bino konstruksiyasining qutisimon dinamik modelidan foydalanib inshootlarning fazoviy hisoblashning dinamik usullari tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
seysmik yuklamalar ta’siridagi binolarning qutisimon konstruksiyalarining xavfli zonalarini aniqlash uchun hisoblash uslubi “NURAFSHON ELEKTR SERVIS” MChJda ob’ektlarning dinamik hisoblash jarayoniga joriy etilgan (Qurilish vazirligining 2020 yil 12 martdagi 2352/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, bino konstruksiyasining ishonchliligini 15–20% ga oshirib, binoning zilzilabardoshligini ta’minlash imkonini bergan;
bino konstruksiyasining qutisimon dinamik modeli asosidagi hisoblash uslubi “Farg‘ona viloyati qurilish boshqarmasi”ning ob’ektlarida binoning seysmik ta’sirlarga hisoblashga joriy qilingan (Qurilish vazirligining 2020 yil 12 martdagi 2352/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, hisoblash jarayoniga sarflanadigan vaqtni 1,2 barobar qisqartirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish