Qodirova Aziza Bekmurod qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Al-Hakim at-Termiziy asarlarida psixologik qarashlar”, 19.00.01–Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2020.1. PhD/R150.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mingboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Tursunov Lutfullo Sayfullaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Al-Hakim at-Termiziy asarlarida psixologik qarashlarning ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Al-Hakim at-Termiziyning ma’naviy etuk inson rivoji bilan bog‘liq fikrlari va qarashlari ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida talqin qilinib, voqelik va mohiyat jihatidan diniy qadriyatlar g‘oyasini o‘zida ifodalovchi psixologik qarashlarni vujudga keltirganligi, insonning xulqi, odobi, turmush tarzi va oila-nikoh masalalari bo‘yicha odam etti xil boshqa-boshqa sayyoralar tasarrufida bo‘lishi haqidagi psixologik qarashlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
Al-Hakim at-Termiziyning asarlarida inson ruhiy olami, bilish jarayonlari va uning psixologik tavsifini qiyoslash va kuzatuv usullari, ya’ni, bilim, tushunchalar darajasiga mos bo‘lishi, inson psixikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi voqea va hodisalarning ijobiy xususiyatlari hamda islom dini yozma manbalarida tush sirlari va uning ta’birining psixologik jihatlari asoslab berilgan;
Al-Hakim at-Termiziy asarlarida oila va jamiyat, huquq, insonlararo munosabatlar, tarbiya masalalariga oid fikrlar bugungi kunda ham ijtimoiy-tarbiyaviy jihatdan yangi mazmun kashf etishi holatlari ijtimoiy voqelikning tarbiyalash vazifasi, pir-muridlik qoidalari odobini yaratish zarurati tug‘ilganligi isbotlangan;
Al-Hakim at-Termiziy asarlaridagi psixologik qarashlardan talabalarning milliy qadriyatlar va ilmiy merosga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish orqali yoshlarga ta’lim-tarbiya berishga oid ilmiy-nazariy, amaliy va psixologik tavsiyalar, shuningdek, yosh-kelin kuyovlarning diniy hamda psixologik bilimini oshirish va ularni oilaviy hayotga tayyorlashda allomaning asarlaridagi psixologik qarashlarda insonning qanday bo‘lishini burj ostidagi yilning boshida, o‘rtasida va oxirida tug‘ilishiga ham bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Al-Hakim at-Termiziy asarlaridagi psixologik qarashlarni o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Al-Hakim at-Termiziyning ma’naviy etuk inson rivoji bilan bog‘liq fikrlari va qarashlari ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida talqin qilinib, voqelik va mohiyat jihatidan diniy qadriyatlar g‘oyasini o‘zida ifodalovchi psixologik qarashlarni vujudga keltirganligi, insonning xulqi, odobi, turmush tarzi va oila-nikoh masalalari bo‘yicha psixologik qarashlari Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 avgust P-M-8a-son buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya markazining 2020 yil 5 avgustdagi P-M-8a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar Al-Hakim at-Termiziyning asarlaridagi psixologik qarashlardan oliy ta’lim jarayonida foydalanish va yoshlarga ta’lim-tarbiya berish jarayonini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Al-Hakim at-Termiziyning asarlarida inson ruhiy olami, bilish jarayonlari va uning psixologik tavsifini qiyoslash va kuzatuv usullari, ya’ni, bilim, tushunchalar darajasiga mos bo‘lishi, inson psixikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi voqea va hodisalarning ijobiy xususiyatlari hamda islom dini yozma manbalarining pedagogik-psixologik jihatlarini yoritishga qaratilgan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 avgust P-M-8a-son buyrug‘i bilan “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya markazining 2020 yil 5 avgustdagi P-M-8a-son ma’lumotnomasi). Natijada, Al-Hakim at-Termiziyning asarlaridagi kognitiv jarayonlarni rivojlantirish borasidagi psixologik qarashlaridan bo‘lajak psixologlarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda foydalanilgan;
Al-Hakim at-Termiziy asarlarida oila va jamiyat, huquq, insonlararo munosabatlar, tarbiya masalalariga oid fikrlar bugungi kunda ham ijtimoiy-tarbiyaviy jihatdan yangi mazmun kashf etishi holatlari ijtimoiy voqelikning psixoemotsional ko‘rinishlarda ifodalanganligi borasidagi takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 avgust P-M-8a-son buyrug‘i bilan “Etnopsixologiya va din psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya markazining 2020 yil 5 avgustdagi P-M-8a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak psixologlarda tasavvufning diniy, falsafiy, psixologik bilim, ko‘nikma va malakalari rivojlanishiga erishilgan;
Al-Hakim at-Termiziy asarlaridagi psixologik qarashlardan talabalarning milliy qadriyatlar va ilmiy merosga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish orqali yoshlarga ta’lim-tarbiya berish, yosh-kelin kuyovlarning diniy hamda psixologik bilimini oshirish va ularni oilaviy hayotga tayyorlashda allomaning asarlaridagi psixologik qarashlardan foydalanish bo‘yicha psixologik tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 5 avgustdagi P-M-8a-son buyrug‘i bilan “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya markazining 2020 yil 5 avgustdagi P-M-8a-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda psixologik tavsiyalar yordamida diniy psixologik bilimlardan foydalanish orqali bo‘lajak psixologlarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirishga xizmat qilgan.