Purxanov Yusupbay Elmuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘istonda mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishi (2010-2020 yy)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1082.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Yuzlikaev Farid Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Aytimbetov Maxsetbay Zinatdin uli, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining ustuvor yo‘nalishlarini tahlil etish, tasniflash va ulardan foydalanish yo‘llarini aniqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojlanishining ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlari (omillari, bosqichlari, mazmuni) ilmiy-tadqiqot ishlarining intensiv amalga oshirilishi, milliy konsepsiyalarning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi, ta’lim ustuvorligining tan olinishi, ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq ekanligini aniqlash orqali asoslangan;
tizimli-struktur yondashuv asosida eksperimental va innovatsion faoliyat negizida pedagogik fikrlar rivojining etnopedagogik, komparativistik (chog‘ishtirma), antropologik, akmeologik, andragogik jihatlari istoriografiyaning vorisiylik, ob’ektivlik, amaliy yo‘naltirilgan tendensiyalariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining prognostik modelini protsessual-amaliy komponenti innovatsion ta’lim muhiti sharoitida o‘qitish sifatining yuqori darajasiga erishish, ilmiy-pedagogik faoliyat darajasining optimalligini ta’minlash, milliy va ilg‘or xorijiy tajribalardan maqsadli foydalanishning indikatorli ko‘rsatkichlari internalligini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining istiqbolli yo‘nalishlari (kognitiv, shaxsiy-insonparvarlik, ijtimoiy-pedagogik, madaniy-antropologik) sotsiotsentrik va antropotsentrik qadriyatlarning ta’lim-tarbiyaning yetakchi paradigmalari bilan bevosita va bilvosita aloqadorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘istonda mustaqillik yillarida pedagogik fikrlarning rivojlanishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlarning rivojlanishning ijtimoiy-madaniy shart-sharoitlari ilmiy-tadqiqot ishlarining intensiv amalga oshirilishi, milliy konsepsiyalarning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi, ta’lim ustuvorligining tan olinishi, ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq ekanligini aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Pedagogika” ta’lim sohasi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 23-oktyabrdagi 89-03.4175-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlarning rivojlanishini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tizimli-struktur yondashuv asosida eksperimental va innovatsion faoliyat negizida pedagogik fikrlar rivojining etnopedagogik, komparativistik, antropologik, akmeologik, andragogik jihatlarini aniqlashtirish, Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining prognostik modelini protsessual-amaliy komponentini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 23-oktyabrdagi 89-03.4175-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflar oliy ta’lim muassasalarida “Tarbiya fanini o‘qitish texnologiyasi” fanini o‘qitishning metodik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
Qoraqalpog‘istonda pedagogik fikrlar rivojining istiqbolli yo‘nalishlarini sotsiotsentrik va antropotsentrik qadriyatlarning ta’lim-tarbiyaning yetakchi paradigmalari bilan bevosita va bilvosita aloqadorligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 2A1-XT-0-92997. “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2020 yil 23-oktyabrdagi 89-03.4175-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy-pedagogik g‘oyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.