Juraqulova Nigora Xolmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bioorganik kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda elektron ta’lim vositalaridan foydalanish metodikasi”, 13.00.02¬¬– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped788.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent;Rajabov Xudayor Madrimovich,pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliyta’limmuassasalarida kimyo yo‘nalishi talabalari uchun “Bioorganik kimyo” fanidan elektron ta’lim tizimi va ta’lim texnologiyalarini uyg‘unlashtirilgan holda o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bioorganik kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirish uchun talabalarda didaktik elektron ta’lim vositalaridan foydalanish malakalarini rivojlantirish hamda amaliy faoliyatda refleksiya qobiliyatining funksional komponentlari bilan integrallashgan aspektlari aniqlashtirilgan;
talabalarning bioorganik kimyo faniga oid tayanch kompetensiyalari (interfaollik, texnik tafakkur, hamkorlik ko‘nikmasi, shaxsiy imkoniyatlar) qayta modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
vizual taqdimotli va virtual laboratoriyalar yordamida tirik organizmlardagi kechadigan hayotiy jarayonlarni o‘qitishning metodik tuzilmasi (fasilitatorlik asosida) takomillashtirilgan;
bioorganik kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda interfaol metodlar (“Mental karta”, “Empirik va inversion laboratoriya”) hamda pedagogik prakseologiya asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Talabalarning bilim sifati va samaradorligini elektron ta’lim vositalari negizida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarida bioorganik kimyo fanini amaliy va seminar mashg‘ulotlarini o‘qitishda talabalarda amaliy faoliyatda refleksiya qobiliyatining funksional komponentlari bilan integrallashgan ko‘nikmalarini rivojlantirishni tarkib toptirishga oid taklif va mulohazalar “Bioorganik kimyo (amaliy mashg‘ulotlar)”nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 noyabrdagi 525 buyrug‘i, 525-115 raqamli guvohnoma). Mazkur talablar asosida kimyo yo‘nalishi talabalarining metodik va axborot kompetentligi darajalari shakllantirilib, fanni o‘zlashtirish samaradorligi oshirilgan;
bioorganik kimyo fanini o‘qitishda elektron ta’lim vositalardan foydalanish bo‘yicha metodik yondashuvlar, bo‘lajak kimyo ta’limida talabalarni o‘quv faoliyatidagi sifat samaradorligini oshirishdagi pedagogik shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan“5140500-Kimyo”ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 noyabrdagi 89-03-4802-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida kimyo yo‘nalishi talabalarining kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish orqali kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bioorganik kimyo fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan keyslardan, amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishga asoslangan virtual laboratoriya mashg‘ulotlari va vizual ta’lim imkoniyatlarini fasilitatorlik faoliyati bilan munosabatlar doirasini kengaytirishga oid takliflardan I-XT-0-19929 raqamli “Ta’lim qoraqalpoq tilida o‘qitiladigan maktablarning 8-9-sinflari uchun aniq fanlar bo‘yicha elektron darslik va metodik tavsiya ilovasini yaratish hamda o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 noyabrdagi 89-03-4802-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan pedagogik prokseologiya ta’lim jarayonini optimallashtirish, kimyo ta’lim jarayonini elektron dasturiy vositalar yordamida tashkil etishning metodik imkoniyatlari ortgan.