Xallokova Maksudaxon Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.1.PhD/Ped240.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Ilmiy rahbar: Ne’matov Shuxrat Ergashevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Narziqul, pedagogika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Raxmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi nodavlat ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini yaratish hamda nodavlat ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinflarida ta’lim sifatini oshirishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifati tushunchasining ustuvorlik, takomillashuv, moslik, samaradorlik, transformatsiyalari mohiyati o‘qituvchi mehnatining sifat va samaradorligini belgilovchi kasbiy mahorat, qobiliyat, pedagogik texnika, bilim darajasi, tajriba, ijodkorlik kabi xususiyatlar mazmunini ochib berish orqali asoslab berilgan;
ta’lim muassasalarida o‘zaro hamkorlik darajasini baholash mezonlari boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatini boshqarishning boshqaruv moyilligi, sub’ektlar faolligi, axborot ochiqligi, erkinlik, ish taqsimoti, rag‘bat, qarorlar qabul qilish ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
muassasalarda o‘quv-uslubiy modulli ishlanmaning o‘quv me’yori, dasturiy ta’minot, baholash kabi tarkibi pedagogik yondashuv tamoyillari yaxlitlik, asoslilik, madaniyatni anglash, tadqiq etish, zamonaviylikka mos umumiy, didaktik, uslubiy, texnik talablarni belgilash asosida aniqlashtirilgan;
nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish tuzilmasi konseptual, maqsadli, mazmunli bloklar va pedagogik komponentlarning strategik, texnologik, metodik, didaktik, indikatorlar o‘zaro integratsiyalashuvi innovatsion faoliyat bog‘liqligiga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish mexanizmlarini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifati tushunchasining mohiyati (ustuvorlik, takomillashuv, moslik, samaradorlik, transformatsiya), o‘qituvchi mehnatining sifat va samaradorligini belgilovchi xususiyatlar (kasbiy mahorat, qobiliyat, pedagogik texnika, bilim darajasi, tajriba, ijodkorlik kabi) mazmuniga oid takliflardan boshlang‘ich ta’limning kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2019 yil 3 oktyabrdagi 01/11-01/10-2207-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat ta’lim muassasalarida boshlang‘ich ta’lim samaradorligiga va o‘qitish sifatining oshirilishiga erishilgan;
ta’lim muassasalarida o‘zaro hamkorlik darajasini baholash mezonlari, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatini boshqarish ko‘rsatkichlari (boshqaruv moyilligi, sub’ektlar faolligi, axborot ochiqligi, erkinlik, ish taqsimoti, rag‘bat, qarorlar qabul qilish)ga oid taklif va tavsiyalardan 2015-2017 yilarda bajarilgan A-1-23-raqamli “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “Matematikadan mul`timediali dars ishlanmalar majmuasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi  89-03-3722-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan metodik yondashuvlar boshlang‘ich ta’lim jarayonlarida o‘qituvchi faoliyati va faolligining muntazam monitoringini olib borishga xizmat qilgan;
nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish tuzilmasi, konseptual, maqsadli, mazmunli bloklar va pedagogik komponentlarning o‘zaro integratsiyalashuvi (innovatsion faoliyat bog‘liqligi), o‘quv-uslubiy modulli ishlanma va uning umumiy, didaktik, uslubiy, texnik talablariga oid amaliy tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun “Matematika” (ISBN 978-9943-26-911-8) darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi  89-03-3722-son ma’lumotnomasi). Natijada, nodavlat ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini optimallashtirish, o‘quv majmualari sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish