Kusharbaev Jonibek Uralbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslikshifri (ilmiydarajaberiladiganfantarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish”13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped230.
Ilmiy rahbar: Sharapov Shamsiddin Sharapovich,tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh ilmiy metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkabaeva Nigora Sharipovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshidavlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish tuzilmasi innovatsion-kasbiy rivojlanish omillarini (motivatsion, ijtimoiy-psixologik, valeologik) innovatsion ta’lim muhiti talablariga (innovatsion fikrlash, kreativ faollik, novatorlik) transformatsiyasining intensivligini kooperativlik darajasi barqarorligini kengaytirish asosida aniqlashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish mazmuni uzluksiz kasbiy ta’lim jarayonlariga refleksiv-ijodiy ehtiyojlarga asoslangan variativ-modulli dasturlarni kiritish orqali takomillashtirilgan;
uzluksiz malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish modelining amaliy komponenti vitagen ta’limga asoslangan ishbilarmonlik o‘yinlari, enerjayzer treninglar, jamoaviy ijodiy ish, veb-kvestlarni guruhiy faoliyatni tashkil etishda tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari metodik ishlarni tizimli tashkil etish, kasbiy o‘z-o‘zini anglash darajasini muntazam oshirib borish, innovatsion muhitni yaratish jarayonlarining yaxlit mexanizm bilan o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan didaktik faollashtirishuvchi majmuaning real potensial bilan identikligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish tuzilmasi, innovatsion-kasbiy rivojlanish omillari (motivatsion, ijtimoiy-psixologik, valeologik) hamda innovatsion ta’lim muhiti talablari (innovatsion fikrlash, kreativ faollik, novatorlik) transformatsiyasini ta’minlash bo‘yicha takliflardan oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 avgustdagi 89-03-2889-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishning takomillashtirilgan o‘quv-metodik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish mazmuniga uzluksiz kasbiy ta’lim, refleksiv-ijodiy ehtiyojlarga asoslangan variativ-modulli dasturlarni kiritish  bilan bog‘liq amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-son Qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 avgustdagi 89-03-2889-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzluksiz malaka oshirish jarayonida pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini metodik ishlarni tizimli tashkil etish, kasbiy o‘z-o‘zini anglash darajasini muntazam oshirib borish, yangi pedagogik g‘oya, texnologiya, loyihalarni umumlashtirish va amalga oshirishni ta’minlaydigan innovatsion muhitni yaratish jarayonlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir tavsiyalardan YoA1-20. “Ta’limda innovatsion menejmentning ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish” (2014–2015 yy.) loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 
20 avgustdagi 89-03-2889-son ma’lumotnomasi). Natijada,bu takliflarpedagog kadrlarning innovatsion salohiyatini rivojlantirish jarayonlarini tizimli boshqarish samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish