Abdurasulova Umida Sadullaevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tili ta’limida o‘quvchilarda morfologik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalari”, 13.00.02–Ta’lim  va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2018.3.PhD/Ped591.
Ilmiy rahbar: Sobirova Mahbubaxon Yusupdjonovna, pedagogika fanlari  nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat  universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Shohida Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek til va adabiyoti  universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  o‘quvchilarda morfologik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalarini takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy  yangiligi:
o‘quvchilarda so‘zning lug‘aviy, grammatik  xususiyatlarini  farqlash, o‘zaro  qiyoslash,  nutq  vaziyatiga mos ravishda to‘g‘ri tanlash va qo‘llashga doir morfologik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirish texnologiyalari tabaqalashtirilgan, mustaqil, ijodiy fikrlashga undovchi, bosqichli didaktik topshiriqlarni tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;   
ona tili ta’limida morfologik kompetentlikni rivojlantirishga doir o‘quvchilarning qisman izlanuvchanlik, ilmiy-ijodiy faoliyatlarini oshirishning klasterli modeli  ishlab chiqilgan; 
o‘quvchilarning morfologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari mexanizmi uzviylik, uzluksizlik, taqqoslash, onglilik, mustaqillik, individuallik pedagogik tamoyillari va zamonaviy texnologiyalarning uzviy aloqadorligini ta’minlash asosida mukammallashtirilgan;
ona tili ta’limida o‘quvchilarda morfologik kompetentlikni shakllantirish texnologiyalari mazmuni, usul hamda vositalari  innovatsion va integratsion o‘qitish usullarini loyihalash asosida takomillashtirilgan.  
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ona tili ta’limida o‘quvchilarda morfologik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishning zamonaviy texnologiyalariga doir ilmiy natijalar asosida: 
o‘quvchilarda so‘zning lug‘aviy, grammatik  xususiyatlarini  farqlash, o‘zaro  qiyoslash, nutq vaziyatiga mos ravishda to‘g‘ri tanlash va qo‘llashga doir morfologik kompetentlikni shakllantirish va rivojlantirishda   tabaqalashtirilgan, mustaqil, ijodiy fikrlashga undovchi, bosqichli didaktik topshiriqlardan foydalanishga oid takliflaridan “Ona tili” fanidan Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim markazining 2020 yil 24 sentyabrdagi  03/03/1062-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablari ona tili fani dastur va darsliklarida morfologiyaga doir o‘quv materiallari mazmunini takomillashtirishga erishilgan; 
o‘quvchilarning morfologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari mexanizmini uzviylik, uzluksizlik, taqqoslash, onglilik, mustaqillik, individuallik pedagogik tamoyillari va zamonaviy texnologiyalarning uzviy aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zPFITI Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillar davomida bajarilgan FZ-2016-0908165532  “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2848-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish va baholash metodikasi takomillashtirilgan; 
morfologik kompetentlikni rivojlantirishda innovatsion va integratsion o‘qitish usullarini qo‘llashga doir taklif va tavsiyalaridan  A-5-37 raqamli “Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik bilimlarni shakllantirishga mo‘ljallangan mul`timediali  intellektual o‘yinlar” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil  21 avgustdagi 89-03-3494-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif ta’lim jarayonlarida o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda innovatsion va integratsion texnologiyalardan, xususan, mul`timediali o‘yinlardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish