Jumaev Jahongir To‘raqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi va akademik liseyi noan’anaviy matematika darslarida o‘quvchilar bilish faoliyatini  takomillashtirilgan metodikasi”,  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3-4.PhD/Ped35.  
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich,pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxorodavlatuniversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa  nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Rizamat Davronovich,pedagogika fanlari doktori, professor; Durdiev Durdimurod Qalandarovich,fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noan’anaviy matematika darslarida o‘quvchilar bilish faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi va akademik liseyining tajribasini ochib berish hamda o‘quvchilar bilish faoliyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qorako‘l xalqaro matematika maktabi va akademik liseyiga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilish sifatining yuqoriligi saralash jarayoni xalqaro Kern-Yirasek va Raven testlari orqali belgilanishi bilan bir qatorda jarayon ota-onalar va faxriy o‘qituvchilardan iborat jamoatchilik kengashi ishtirokida amalga oshirilishi asoslangan;
ta’lim sifatini oshirish yuzasidan o‘quvchilar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish har bir o‘quvchi (5-6-7-sinflar) bilish faolligining diqqat, xotira va intellekt elementlarini rivojlantirishda individual tarzda misol-masalalar va ko‘p variantli testlar kompleksini ishlab chiqish va ularni tizimli qo‘llash negizida amalga oshirilgani asoslangan;
Qorako‘l Xalqaro matematika maktabi va akademik liseyi tajribasiga ko‘ra, bilimni o‘zlashtirishni baholash metodikasi monitoring natijalarida har bir o‘quvchining bilish faolligini gorizontal va vertikal vektor bo‘yicha shakllantirishda tashabbuskorlik, optimal qaror qabul qilish va vaqtni tejash ko‘nikmalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgani ochib berilgan; 
noan’anaviy darslarda 8-sinf o‘quvchilarini mantiqiy, kreativ fikrlashga o‘rgatish metodikasi o‘quvchini maqsadli kasbga yo‘naltiruvchi differensial diagnostik testlar asosida takomillashtirilgan; 
noan’anaviy darslarda o‘quvchilarning bilish faolligini namoyon qilishga yo‘naltirilgan klassik matematika usullari va modulli o‘qitish texnologiyasini (chuqurlashtirilgan, tabaqalashtirilgan o‘qitish) maqbullashtirish asosida ta’lim oluvchilarning tanqidiy mushohada yuritish va optimal echim topish kompetensiyalarini rivojlantirish dalillangan;  
o‘quvchilarni nufuzli tanlovlarga tayyorlashda mustaqil ta’lim va fanga oid bilimlarni kompleks baholash metodikasi bilimni o‘zlashtirish tabaqalashtirishni yuqori, o‘rta, quyi va past darajalarga tarkiblash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Noan’anaviy matematika darslarida o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot asosida:
Qorako‘l xalqaro matematika maktabi va akademik liseyiga iqtidorli o‘quvchilarni qabul qilish sifatining yuqoriligi hamda ta’lim sifatini oshirish yuzasidan sog‘lom raqobat muhitini yaratishga individual tarzda misol-masalalar va ko‘p variantli testlar kompleksini ishlab chiqish va ularni tizimli qo‘llash negizida amalga oshirishga doir takliflardan akademik liseylarda o‘quv jarayonini tashkil qilishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4502-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar bilish faolligining rivojlanishi, darslarni o‘zlashtirish samaradorligining oshishi asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘quvchilarning 95 foizi qabul qilinishiga erishilgan;
har bir o‘quvchining bilish faolligini gorizontal va vertikal vektor bo‘yicha shakllantirishda tashabbuskorlik, optimal qaror qabul qilish va vaqtni tejash ko‘nikmalariga ustuvorlik berish hamda noan’anaviy darslarda o‘quvchilarni maqsadli kasblarga yo‘naltiruvchi differensial diagnostik testlarni qo‘llashga doir takliflardan №YoA-1-9 «Aholining turli qatlamlariga psixologik xizmat ko‘rsatish» mavzusidagi amaliy loyihada (2012-2016 yy.) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4502-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning fanga oid kompetensiyalari takomillashgan, o‘quvchilarni kasbga bu taklif yo‘naltirish darajasi hamda matematika ta’limisifatining oshishiga xizmat qilgan; 
noan’anaviy darslarda o‘quvchilarning bilish faolligini namoyon qilishga yo‘naltirilgan klassik matematika usullar va modulli o‘qitish texnologiyasini qo‘llash hamda bilimni o‘zlashtirishni tabaqalashtirilgan yuqori, o‘rta, quyi va past darajalarga tarkiblashga doir takliflardan №F-4-07 «Statistik fizika modellarining chiziqli bo‘lmagan integral tenglamalari va ularning tadbiqlari» nomli fundamental loyihada (2012-2016 yy.)  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi 89-03-4502-son ma’lumotnomasi). Natijada, akademik liseylarning o‘quv-metodik ta’minoti boyishiga hamda iqtidorli o‘quvchilar bilish faolligining oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish