Sodiqov Hamid Maxmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1294.
Ilmiy rahbar: Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Asilova Gulshan Asadovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ-nutq madaniyati komponentlari (bo‘lajak o‘qituvchilar nutqining ta’sirchanligi, nutq madaniyatini namoyish eta olish, nutq texnikasini o‘z o‘rnida qo‘llay bilish) ta’limga innovatsion yondashuv adaptiv darajasidan tizimli modellashtirilgan darajaga o‘tish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirishning nazariy, mantiqiy-tuzilmaviy modeli shaxslararo, guruhiy va jamoaviy nutq faoliyatida interferensiya hodisasini yuzaga keltirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyati badiiy-etik matnlarni tanlash mezonlari va talabaning tayyorgarlik sifatiga qo‘yilgan kompetensiyaviy talablarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ nutq madaniyati nutq kommunikatsiyasining pedagogik funksiyalari (konstruktiv-rejalash, tashkiliy, kommunikativ-o‘rgatuvchi, tarbiyaviy, gnostik) talabaning didaktik tayyorgarligiga birlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
adaptiv darajadan tizimli modellashtirilgan darajaga o‘tish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuvdan “Umumiy pedagogika” (Pedagogik mahorat) darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxcuc ta’lim vazirligining 2020 yil 4 maydagi № 285-son buyrug‘i bilan tasdqilangan 285/114 raamli guvohnoma). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirishning didaktik ta’minoti ishlab chiqilgan;
kommunikativ-nutq madaniyatining rivojlanganlik mezonlari (motivatsion, mazmunli, protsessual)ga mos uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilar kommunikativ-nutq madaniyati komponentlari (bo‘lajak o‘qituvchilar nutqining ta’sirchanligi, nutq madaniyatini namoyish eta olish, nutq texnikasini o‘z o‘rnida qo‘llay bilish)dan “O‘zstandart” agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 4574-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari «Pedagogika sohasi» Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 89-03-332-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ-nutq madaniyati rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari  ishlab chiqilgan;
interfaol metodlarning integratsiyasi asosida takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyati xususiyatlarini hisobga oluvchi badiiy-etik matnlarni tanlash mezonlaridan “O‘zstandart” agentligining 2014 yil 18 sentyabrdagi 4574-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari «Pedagogika sohasi» Davlat ta’lim standarti hamda malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 89-03-332-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy-etik matnlarni tanlash mezonlari ishlab chiqilgan;
shaxslararo, guruhiy va jamoaviy yo‘naltirilgan integratsion ta’sir ko‘rsatish orqali takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirishning mantiqiy-tuzilmaviy modelidan “Umumiy pedagogika” (Pedagogik mahorat)” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 yanvardagi 89-03-332-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ-nutq madaniyatini rivojlantirishga oid dars, darsdan tashqari mashg‘ulotlar hamda pedagogik amaliyot mazmuni samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish