Bobomurodov Feruz Ismoiljonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurashchilarning morfologik xususiyatlarini hisobga olgan holda texnik-taktik harakatlarini takomillashtirishga differensial yondashuv”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogka fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2018.1.PhD/Ped444.
Ilmiy rahbar: Vardiashvili Iso Rasulovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuradov Shuxrattila Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Bakiev Zafar Abdushukurovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanuvchi kurashchilarning morfologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ularning texnik-taktik harakatlarini takomillashtirishga differensial yondashuv uslubiyatini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy kurash sport turida ixtisoslashuvchi kurashchilarning funksional holati bo‘yicha (jismoniy ishchanlik darajasi, aerob imkoniyatlari, muddatlari, adaptatsion zaxiralari, gemodinamika ko‘rsatkichlari) istiqbolli fiziologik tashxislash usuli qayta tiklanish imkoniyatlariga asoslanib takomillashtirilgan;
ilk bor kurashchilarning mashg‘ulot jarayonida keng qo‘llaniladigan «tashlash» texnik harakatlariga morfobiomexanikaviy yoshdashuv asosida yangi tik turish fazasi kiritilib
(1.Tik turish fazasi. 2.Ushlab olish fazasi. 3. Tanani muvozanatdan chiqarish fazasi. 4. Tashlash fazasi. 5. Yiqitish fazasi), klassifikatsion sxema ishlab chiqilgan;
kurashchilarga texnik-taktik harakatlarni sifatli bajarishga xalaqit beradigan muskul-tonusli asimmetriya holatini aniqlash asosida ishlab chiqilgan relaksatsiyaga yo‘naltirilgan maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan;
milliy kurash bo‘yicha musobaqa bellashuvida «ko‘krakdan orqaga oshirib tashlash» usulini qo‘llashda texnik-taktik tayyorgarlikning son va sifat ko‘rsatgichlari asosida, braxiomorf samototipiga ega sportchilar dolixomorf samototipga ega bo‘lgan sportchilarni oson engish xususiyatlari ilmiy va amaliy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sport takomillashuvi bosqichida shug‘ullanuvchi kurashchilarning morfologik ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ularning texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
kurash milliy sport turida ixtisoslashayotgan kurashchilarning funksional holati (jismoniy ishchanlik darajasi, aerob imkoniyatlari, qayta tiklanish muddatlari, adaptatsion zaxiralari, gemodinamika ko‘rsatkichlari) bo‘yicha istiqbolli fiziologik tashxislash usuli «Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-071 raqamli guvohnoma) va Chirchiq shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati va Qarshi shahridagi «Kurash markazi»ning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilingan. Natijada, respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnasha oladigan 10 nafar istiqbolli kurashchilar aniqlangan;
kurashchilar tomonidan mashg‘ulot jarayonida keng qo‘llaniladigan «tashlash» texnik harakatlariga yangi tik turish fazasi kiritilib, ishlab chiqilgan klassifikatsion sxema asosida «Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining
2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-071 raqamli guvohnoma) Natijada, kurashchilar tomonidan bajariladigan harakatlarning sifat tavsiflari va kurashdagi texnik-taktik harakatlar natijadorligi 13,9 % ga oshgan;
kurashchilarga harakatlarni sifatli bajarishda xalaqit beradigan muskul-tonusli asimmetriya holatini aniqlash asosida relaksatsion yo‘nalishga ega bo‘lgan mashqlar majmuasi «Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-071 raqamli guvohnoma). Natijada, kurashchilar tomonidan bajariladigan harakatlarning sifat tavsiflari va kurashdagi texnik-taktik harakatlar natijadorligi 12 % ga yaxshilangan;
kurashda tashlash harakatini braxiomorf samototipiga ega sportchilar usulni texnik-taktik tayyorgarlikning son va sifat ko‘rsatgichlari asosida oson qo‘llashiga doir takliflar «Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i, 418-071 raqamli guvohnoma) va Qarshi shahridagi «Kurash markazi»ning mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan. Natijada, sportchilar tomonidan texnik-taktik harakatlarning har bir elementining bajarilish aniqligi yaxshilangan va ushbu maxsus harakat sifatlari 4,5% dan 10,4% gacha oshgan.