Exsonova Feruza Turdixujaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped11.
Ilmiy rahbar: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Ma’murov Baxodir Baxshullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Askarova O‘g‘iloy Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirish tuzilmasining motivatsion-qadriyatga yo‘naltirilgan, faoliyatga doir, ijodiy komponentlari fikrning elastikligi va tasavvurning boyliligini tarkib toptirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning qayta aloqaga kirishuv darajasi barqarorligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirish modelining tashkiliy komponenti ijodiy topshiriqlar orqali o‘quv materiallarini to‘liq o‘zlashtirish, hamkorlik, badiiy madaniyatga qiziqtirish, madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyillari bilan ijtimoiy madaniy omillarning intensiv ta’siri identivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish jarayoni mazmuni yosh va gender xususiyatlarni hisobga olgan holda axborotlarni ijodiy qayta o‘zlashtirish samaradorligini ta’minlab beruvchi korreksion ta’sir mexanizmlarini (kreativ muhit, to‘siqlarni bartaraf etish) dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tizimli qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti interfaol (sinektika metodi, morfologik tahlil metodi, guruhiy munozara, aqliy hujum va uning turlari va h.k.), ijodiy topshiriqlar, o‘yinli (ishbop, rolli va imitatsion) texnologiyalarni artefakt-pedagogika bilan gorizontal va vertikal uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirish tuzilmasi, motivatsion-qadriyatga yo‘naltirilgan, faoliyatga doir, ijodiy komponentlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirish modelining tarkibiy asoslarini aniqlashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 19 fevraldagi “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2133-son Qarori IV bo‘limining 71-bandi bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun “O‘qish” va “Ona tili” (1-4 sinflar) nomli metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2019 yil 4 oktyabrdagi 01-11-01/01-2229-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirish jarayonini optimallashtirishga erishilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan o‘qitish jarayonini yosh va gender xususiyatlarni hisobga olgan holda yuqori sur’atda o‘zlashtirishni ta’minlab beruvchi korreksion ta’sir mexanizmlarini intensiv qo‘llash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A1-QX-1-95207. “Zamonaviy darsliklarda konsentrizm tamoyili asosida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini tanlash va loyihalash” (2012-2014 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2598-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirishda dars va darsdan tashqari faoliyat uyg‘unligini ta’minlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativlikni rivojlantirishning didaktik ta’minotini interfaol, ijodiy topshiriqlar, o‘yinli texnologiyalarni artefakt-pedagogika bilan uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan PZ-2014-0903160552. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida modulli o‘qitish jarayonini texnologik ta’minlash mexanizmlari” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 iyuldagi 89-03-2598-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda kreativlikni rivojlantirishga doir texnologiyalarni qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan.