Nasimov Dilmurod Abdulloevichning
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Raqamli iqtisodiyot sharoitida bandlikning zamonaviy shakllarini joriy etish metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iitisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Iqt26.
Ilmiy maslahatchi: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmanova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida bandlikning zamonaviy shakllarini joriy etishning metodologik-uslubiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozorida ish bilan bandlik shakllarining namoyon bo‘lishida kasblarning intellektuallashuv xususiyati ochib berilgan hamda uning transformatsiyalashuvi asosida egiluvchan ish bilan bandlikning tarkibi, turlari va egiluvchanlikning sifat mezonlari takomillashuvi asoslangan;
iqtisodiyotning turli sektorlari korxonalarida potensial, komponentli va real norasmiy ish bilan bandlikning ekspress baholash metodikasi alohida ko‘rinishdagi bandlikni baholashning integral koeffisientlar gradatsiyasini turli mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllar sharoitida qo‘llash xususiyatlari asosida takomillashtirilgan;
mintaqalarda bandlik egiluvchanligi darajasini integral baholash usuli ish bilan bandlik egiluvchanligining ko‘lami va darajasini tavsiflovchi hamda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni standartlashtirish asosida takomillashtirilgan;
milliy mehnat bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda aholi ish bilan bandligi darajasini oshirish asosida sohani 2020-2025 yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz parametrlari asoslangan;
ish beruvchi, onlayn birjalar va xodimlar o‘rtasidagi uch tomonlama munosabatlarga yo‘naltirilgan masofaviy ish bilan bandlik tizimi norasmiy ish bilan bandlikni kamaytirish, ijtimoiy kafolatlar tizimini optimallashtirish va elektron platformalarni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mehnat bozorida ish bilan bandlik egiluvchanligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat bozorida ish bilan bandlik shakllarining namoyon bo‘lishida kasblarning intellektuallashuv xususiyati ochib berilgan hamda uning transformatsiyalashuvi asosida egiluvchan ish bilan bandlikning tarkibi, turlari va egiluvchanlikning sifat mezonlari takomillashuvi bo‘yicha xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 31-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 01/00-04/07-2412-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi egiluvchan ish bilan bandlikning shakllarini tasniflash asosida uning zamonaviy turlari va yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
alohida ko‘rinishdagi ish bilan bandlik shakllanishini baholashning integral koeffisientlar gradatsiyasini turli mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllar sharoitida qo‘llash xususiyatlari asosida iqtisodiyotning turli sektorlari korxonalarida potensial, komponentli va real norasmiy ish bilan bandlikning ekspress baholashning takomillashtirilgan metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 31-son buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 01/00-04/07-2412-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish turli xil mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllarga asoslangan korxonalar hamda tashkilotlar uchun norasmiy ish bilan bandlik ko‘lamini aniqlash va darajasini baholash imkonini bergan;
ish bilan bandlik egiluvchanligi ko‘lami va darajasini tavsiflovchi hamda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni standartlashtirish asosida mintaqalarda bandlik egiluvchanligi darajasini integral baholashning takomillashtirilgan usuli O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 31-son buyrug‘i asosida aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturlarini ishlab chiqishda asos sifatida qabul qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 01/00-04/07-2412-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish mintaqalarda ish bilan bandlik egiluvchanligini ta’minlash bo‘yicha faol tadbirlarni ishlab chiqish hamda hududiy darajada korxona va tashkilotlarda mehnat resurslarini boshqarish tizimi samaradorligining asoslanganlik darajasini oshirish imkoniyatini bergan;
milliy mehnat bozorining rivojlanish tendensiyalari hamda aholi ish bilan bandligi darajasini oshirish asosida sohani 2020-2025 yillarga bo‘lgan davrda rivojlantirishning prognoz parametrlaridan (iqtisodiy faol aholi soni, uy mehnatining barcha shakllarini tashkil etish natijasida bandlar soni, iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish bilan bandlar soni, iqtisodiyotning norasmiy sektorida ish bilan bandlar soni, iqtisodiyot tarmoqlarida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalar hajmi, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet elga ketgan shaxslar ulushi, respublika bo‘yicha minimal oylik ish haqi miqdorlarini istiqbollashtirish) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 31-son buyrug‘i asosida aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 01/00-04/07-2412-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish 2020-2025 yillarda mehnat bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi respublikada aholi ish bilan bandligi darajasini 72,7 %ga va kichik tadbirkorlikda bandlar ulushini 18,8 %ga oshishi imkonini bergan;
ish beruvchi, onlayn birjalar va xodimlar o‘rtasidagi uch tomonlama munosabatlarga yo‘naltirilgan masofaviy ish bilan bandlik tizimi norasmiy ish bilan bandlikni kamaytirish, ijtimoiy kafolatlar tizimini optimallashtirish va elektron platformalarni rivojlantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 31-son buyrug‘i asosida aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020 yil 2 martdagi 01/00-04/07-2412-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish kelgusida ish bilan bandlikka ko‘maklashish sohasidagi davlat siyosatini takomillashtirish asosida rasmiy sektorda bandlar ulushini 1,2 %ga hamda aholi daromadlaridan olinadigan soliqlar ulushini 0,8 %ga oshishi imkonini bergan.