Xabipova Rivanna Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan, tarmog‘i nomi): Ingliz va qoraqalpoq tillarida instrumental sintaksemalar va ularning variantlari, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Fil376.
Ilmiy rahbar: Usmonov Ural Usmanovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingliz va qoraqalpoq tillari gap qurilmasida instrumentallik kategoriyasining voqelanish holatlarini tahlil qilish hamda shu kategoriya doirasida shakllanadigan sintaksemalarning konnotativ va fakul`tativ variantlari paradigmatik qatorini chog‘ishtirib o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillari gap qurilmasida instrumentallikni ifodalovchi vositalarning til tizimi va nutqiy muloqot munosabatida namoyon bo‘ladigan semantik-sintaktik maqomini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan;
gap tarkibida ishtirok etgan sintaktik birliklarning o‘zaro aloqalari aniqlanib, ularning morfologik moslashuv, bitishuv va boshqaruv leksik munosabat asosida til tizimining lug‘aviy qatlamida yuzaga kelishi isbotlangan;
instrumentallik sintaktik-semantik belgisiga ega birliklar ishtirok etgan sintaktik qurilmalarni sintaksemalarga ajratib tahlil qilish usullarining samaradorligi nutqiy tuzilmalarning mazmuniy simmetriyasiga asoslangan lingvistik metodlar tatbiqida dalillangan;
gapning tashqi, ichki qurilmalarini sintagmatika va paradigmatika nuqtai nazardan tahlil qilish amaliyotiga aniqlik kirituvchi funksional sintaksis tahlil yo‘nalishi va uning tahlil usullari yaratilgan; 
ingliz va qoraqalpoq tillari gap qurilmasidagi instrumental sintaksemalar hamda ularning variantlaridagi izomorflik va allomorflik hususiyatlaridagi farqli jihatlar aniq belgilab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ingliz va qoraqalpoq tillarida instrumental sintaksemalar va ularning variantlari tadqiqi bo‘yicha erishilgan hulosalar asosida:
qardosh bo‘lmagan tillarni chog‘ishtirish, sintaktik semantika, tarjima nazariyasi va amaliyotiga doir ilmiy–nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy–tadqiqot institutida bajarilgan FA–F1–G003 «Qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi» mavzusidagi ilmiy–tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekison Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston Bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar fanlar ilmiy–tadqiqot institutining 2020 yil 14 sentyabrdagi 17.01/92–son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyadagi umumiy lingvistik qarashlar, tillarni qiyosiy–tipologik o‘rganishga oid nazariy yo‘nalishlar, ingliz va qoraqalpoq tillarini funksional asosda o‘rganishga doir ilmiy xulosalar fundamental tadqiqotni metodologik jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
tadqiqotning sintaktik konstruksiyalarni aniq ifodali tarjima qilish va o‘quvchilarga ta’sirchan va tez etkazish uchun mo‘ljallangan materiallardan rasmiy nutq jarayonlarini optimallashtirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tarixi va Madaniyati davlat muzeyida xalq etnografiyasi, tarixi va madaniyati, arxeologiyasi va hunarmandchiligi, tarixiy yodgorliklari bo‘yicha xorijiy mehmonlar va mahalliy sayohatchilarga tushunchalar berishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tarixi va Madaniyati davlat muzeyi rahbariyatining 2020 yil 14 sentyabrdagi №2-02/1082–sonli ma’lumotnomasi). Bu xorijiy va mahalliy sayyohlar respublika xalqi, madaniyati, hududi haqida etarlicha ma’lumotlarga ega bo‘lishi va ingliz, qoraqalpoq tillarida bayon qilingan axborotlar saviyasi oshirilishiga xizmat qilgan;
dissertatsiyaning lisoniy birliklarning funksional-semantik xususiyatlari tahlili natijasida to‘plangan materialidan «Qoraqalpog‘iston» radiokanalida 2018 yil 6 noyabr` kuni olib borilgan “Davr nafasi” eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2018 yil 26 noyabrdagi 01–02/541–sonli ma’lumotnomasi). Natijada foydalanilgan lisoniy materiallar “Qoraqalpog‘iston” radiokanalining ingliz tilida olib borayotgan eshittirishlari saviyasi va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish