Munavvarov Burxonjon Abdujalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gipoazotemik dori vositalarini qo‘llash bilan davolashni muqobillashtirish» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib745.
Ilmiy rahbar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Mirvosit Mirvosiqovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Jabbarov Ozimbay Otaxanovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligining dializ oldi bosqichlarida ba’zi klinik-patogenetik mezonlarni baholash va ularga gipoazotemik dori vositalarining samaradorligini turli bosqichlarida taqqoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligining turli bosqichlarida buyrak faoliyati ko‘rsatkichlari, ya’ni qonda mochevina, kreatinin va ular asosida xisoblangan koptokchalar fil`tratsiyasii tezligi hamda lipid spektri kabi laborator, shuningdek, bemorlarning ruhiy holati va hayot sifati ko‘rsatkichlarni baholash kabi sub’ektiv mezonlar bilan taqqoslanib ular orasida uzviy bog‘liqlik borligi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi bilan xastalangan bemorlarda yurtimizda o‘suvchi “shair” o‘simligidan ajratib olingan (lyuteolin–7–O–v–D–glyukopiranozid), flavonoidlar guruhiga mansub gipoazotemik dori vositasi sifatida nefrotsizin preparatini samardorligi asoslangan;
surunkali buyrak kasalligining turli bosqichlarida nefrotsizinning buyrak faoliyatiga, lipid spektri ko‘rsatkichlariga hamda bemorlarning ruhiy holati va hayot sifati ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarni dializ oldi davrlarida bioflavonoidlar sarasiga kiruvchi gipoazotemik preparat nefrotsizin bilan davolash uning samarasida uremik intoksikatsiyani kamaytirish natijasida bemorlarni dializgacha bo‘lgan davrini uzaytirishga, ya’ni dializga muhtoj bemorlar soni kamayishi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligining turli bosqichlarida azotemiya holati, kechishi, lipid spektri ko‘tsatkichlari bilan tashxislash va gipoazotemik dori vositalarining taqqoslama kuzatuv asosida ularning samaradorligini, bemorlarning ruhiy holati va hayot sifatiga ta’sirini baholash kabi bir qator ob’ektiv va sub’ektiv asoslarni nomutanosibligini muvofiqlashtirgan holda gipoazotemik preparatlarni qo‘llanilishi muqobillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gipoazatemik dori vositalarni qo‘llash bilan davolashni muqobillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Surunkali buyrak kasalligining dializ oldi bosqichlarida gipoazotemik terapiyaning samaradorligini baholash» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyuldagi 8n-d/252-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nefrologiya va terapiyada tashxis qo‘yish va kompleks davolashda gipoazotemik preparatlardan foydalanish orqali kasalliklarda azotemiyani kamaytirish imkonini bergan;
«Surunkali buyrak kasalligida gipoazotemik terapiyaning lipid spektri ko‘rsatkichlariga ta’siri» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 iyuldagi 8n-d/254-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nefrologiya va terapiyada SBKga tashxis qo‘yish va kompleks davolashda dislipidemiyani muvofiqlashtirish orqali kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
Surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gipoazatemik dori vositalarni qo‘llash bilan davolashni muqobillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi va Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 19 noyabrdagi 8n-z/157-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi surunkali buyrak kasalligini klinik kechishi va uni kompleks davolashda surunkali buyrak etishmovchiligini avj olib rivojlanishini sekinlashtirish imkonini bergan.