Zohirov Ramiz Turdimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oilada avlodlararo munosabatlarni mustahkamlash: an’anaviylik va zamonaviylik, 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fal1269.
Ilmiy rahbar: Norqulov Suxrob Do‘smurodovich falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.30.12. 2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna falsafa fanlari doktori, professor; Nishonova Ozoda Djamaliddinovna falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangilanayotgan O‘zbekiston oilaviy munosabatlarida an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar mutanosibligi avlodlararo vorisiylikni ta’minlash omili ekanligini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila a’zolarining xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi oilaning iqtisodiy va ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlashning asosiy mexanizmi ekanligi asoslangan;
oilada gender tengligining ta’minlanishi oila a’zolarining jamiyat taraqqiyotining faol ishtirokchisi bo‘lish, shaxs sifatida kamolotga erishish va rozilik tuyg‘usini shakllantirish omili ekanligi isbotlangan;
farzand tarbiyasida avlodlararo vorisiylikka erishish, milliy qadriyatlardan zamonaviy oila munosabatlarini shakllantirishda foydalanish, oila a’zolarining doimiy bandligini ta’minlash oilaviy farovonlik omili ekanligi asoslangan;
yosh oilalar uchun ajratilayotgan imtiyozlar yangi O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashida mehnatning rag‘batlantirilishiga, foydali mehnatning samarasiga ishonch tuyg‘usini shakllantirish, an’anaviylik va zamonaviylik mutanosibligiga erishish mexanizmi ekanligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Oilada avlodlararo munosabatlarni mustahkamlash: an’anaviylik va zamonaviylik» tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oila a’zolarining xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi oilaning iqtisodiy va ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini ta’minlashning asosiy mexanizmi ekanligiga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan chop etilgan “Oilada avlodlararo munosabatlarni mustahkamlash masalalari” nomli ilmiy monografiyadan “Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktablari” faoliyatini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2020 yil 17-apreldagi 01-11/238-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar oilalarda o‘zaro sabr toqatli bo‘lish, kelin-kuyovning muammolarini o‘zaro hamjihatlikda bartaraf etishida ijobiy ko‘rsatkichga erishishiga xizmat qilgan;
oilada gender tengligining ta’minlanishi oila a’zolarining jamiyat taraqqiyotining faol ishtirokchisi bo‘lish, shaxs sifatida kamolotga erishish va rozilik tuyg‘usini shakllantirish omili ekanligi xususidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-sonli Farmonining ijrosini ta’minlashda, oila a’zolarini ish bilan ta’minlash, xususiy tadbirkorlik sub’ektlari sifatida faoliyat olib borishi uchun imtiyozli kreditlar ajratishda foydalanilgan (Xotin-qizlar qo‘mitasining 2020 yil 18 yanvardagi 08/11-sonli ma’lumotnomasi). Natijalar o‘zbek oilalarida er-xotin munosabatlarida o‘zaro tushunishga erishish, ota-onalarni, xotin-qizlarni hurmat qilishga, farzandlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarda milliy qadriyatlarga amal qilish, ajrimlarning oldini olishga yo‘naltirilgan amaliy faoliyatga xizmat qilgan;
farzand tarbiyasida avlodlararo vorisiylikka erishish, milliy qadriyatlardan zamonaviy oila munosabatlarini shakllantirishda foydalanish, oila a’zolarining doimiy bandligini ta’minlash oilaviy farovonlik omili ekanligi xususidagi takliflardan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “Yoshlar–kelajagimiz” va “Barchasi o‘z qo‘lingda” dekadasi doirasida o‘tkazilgan o‘quv-trening, davra suhbatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2019 yil 10 dekabrdagi 02-06/1004-sonli ma’lumotnomasi). Natijada jamiyat a’zolarining mafkuraviy immunitetining yuksaltirishga, xususan, yoshlar qalbida oilaviy an’analarga sodiqlik va sog‘lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlashga qaratilgan samarali uslublarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
yosh oilalarga berilayotgan imtiyozlar yangi O‘zbekiston yoshlari dunyoqarashida mehnatning rag‘batlantirilishiga, foydali mehnatning samarasiga ishonch tuyg‘usini shakllantirish, an’anaviylik va zamonaviylik mutanosibligiga erishish mexanizmi ekanligiga oid amaliy tavsiyalar O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Oila-muqaddas dargoh”, “Mustahkam oila-yurt tayanchi”, “Sog‘lom oila-sog‘lom jamiyat” mavzularida o‘tkazilgan ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2020 yil 28 yanvardagi 12-12/10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oila barqarorligini ta’minlash, milliy qadriyatlarga asoslanish, farzand tarbiyasida katta avlod o‘git va nasihatlariga amal qilishga xizmat qilgan.