Ruzieva Sitora Asrorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konsept “sem`ya” i ego otrajenie v angliyskoy i uzbekskoy yazikovix kul`turax” (“Oila” tushunchasi va uning ingliz va o‘zbek tillari madaniyatida aks etishi), 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil404.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori Kiselyov Dmitriy Anatol`evich; filologiya fanlari nomzodi, dotsent Rasulov Zubaydullo Izomovich.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “oila” konsepti lingvomadaniy mazmunining leksik, frazeologik, paremiologik va matn sathlarida namoyon bo‘lishini ta’minlovchi omillarni ochib berish, chog‘ishtirilayotgan tillarda oila munosabatlari konseptual idrokidagi o‘xshashlik va farqlarni ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“oila” konseptining til tizimi, leksik, frazeologik va paremiologik qatlamlari taraqqiyotini shakllantiruvchi roli aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida “oila” konseptining lingvomadaniy mazmuni milliy mentalitetga bog‘liqligi paremiologik va badiiy matnlar materiali tahlili asosida ochib berilgan;
“oila” konsepti bilan bog‘liq oilaviy munosabatlar va tushunchalarni nomlovchi “family” va “oila” leksemalarining konseptual maydonini tasvirlash hamda tavsiflash usullari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida oilaviy munosabatlarni aks ettiruvchi lisoniy birliklarning taraqqiy etish dinamikasi asoslangan;
er-xotin qarindoshligi va urug‘chilik munosabatlarini ifodalovchi ingliz va o‘zbek atamalarining mushtaraklik va nomutanosiblik ko‘rsatkichlarining tillararo chog‘ishtirma ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Oila” konsepti bilan bog‘liq bo‘lgan ingliz va o‘zbek tillaridagi lisoniy birliklarning qo‘llanishini tadqiq etish natijalari asosida:
oila tushunchasi konseptual maydoniga kiruvchi lisoniy birliklarni ajratish va ularning lingvomadaniy xususiyatlarini yoritish borasida olingan ilmiy xulosalardan OT-F1-138 raqamli “Temuriylar davrida yaratilgan “Xamsa”larning komparativistik tadqiqi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 89-03-2232-son ma’lumotnomasi). Natijada dostonlar matnidagi oila mavzusi bilan bog‘liq lisoniy birliklar, oilaga doir masalalar, ularning lingvomadaniy, madaniyatlararo aloqasini tahlil qilish va o‘rganish imkoni kengaygan;
o‘zbek oilalarida oilaviy munosabatlarning milliy-madaniy o‘ziga xosligini o‘rganishga oid materiallardan “Talaba yoshlarni oilaviy munosabatga tayyorlashning pedagogik masalalari” (ISBN 978-9943-5490-2-9) darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 89-03-2155-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanilgan materiallar o‘zbek oilalarida bolalarni tarbiyalash, yoshlarni oilaga va oilaviy muammolarga tayyorlash borasidagi amaliy maslahat va tavsiyanomalarni boyitishga yordam bergan;
“oila” konseptining g‘oyaviy-konseptual mazmunini o‘rganish natijalari, oilaning milliy modeli va oilaviy munosabatlar etikasi bilan bog‘liq tushunchalar Samarqand shahri mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash Boshqarmasi tomonidan mahallalarda o‘tkazilgan suhbat va tadbirlarda keng qo‘llanilgan (Samarqand shahridagi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining 2020 yil 9-iyundagi 07-2170-sonli guvohnomasi). Natijada ushbu jarayonda oilaviy va qarindoshlik munosabatlarining etnomadaniy xususiyatlariga bag‘ishlangan ma’lumotlar Samarqand shahri yoshlari orasida “Ibratli oila” va “Qizlar ovozi” tanlovlarini o‘tkazish shartlarini shakllantirishga xizmat qilgan;
“oila” konseptining konseptual mazmuni, oila va oilaviy munosabatlarning lingvomadaniy mazmuniga oid ilmiy xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Oila muqqadas qo‘rg‘on”, “Ibratli umr”, “Qadriyat” ma’naviy-ma’rifiy dasturlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 8-iyundagi 09-01/206-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyigan.