Sadriddinov Suhrob Rustamjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik faoliyat tizimida psixologik himoya (ijtimoiy-psixologik jihat)”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya; etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/P96.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Hamidovna,psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Sirliev Baxtiyor Nazarovich,psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik faoliyatda psixologik himoyaning muhim kasbiy sifat(MKS)larini tartibga solishning samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dominat psixologik himoya usulining ratsionallashtirish, kompensatsiyalash va siqib chiqarish turlari bo‘yicha ilmiy asoslari pedagogik faoliyatda nizo, xavotirlanish va diskomfort tug‘diruvchi omillarni bartaraf etish asosida rivojlantirilgan;
psixologik himoyani ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik mexanizmlar himoyani shakllantirishga mo‘ljallangan psixologik treninglarda pedagoglarning xulqiy va emotsional barqarorligini rivojlantirish komponentlarini psixofunksional jihatdan qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
pedagogik faoliyatning barqaror kechishini ta’minlash mexanizmlari pedagog shaxsini himoya qilish asosida pedagogik hamkorlikka ustuvorlik berish vositasida ta’limni boshqarish amaliyotini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
pedagogik faoliyatga psixologik himoyani ijobiy qo‘llash asosida diagnostik, prognostik-yo‘naltiruvchi, konstruktiv-proektiv, axborotni sharhlovchi, kommunikativ-rag‘batlantiruvchi, tahliliy-baholovchi, ijodiy-tadqiqiy faoliyat shakllarini samarali joriy etishga oid amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogik faoliyat tizimida psixologik himoya yuzasidan olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik faoliyat tizimida psixologik himoyaning ratsionallashtirish, kompensatsiyalash va siqib chiqarish turlari hamda xavotirlanish va diskomfort tug‘diruvchi omillarni bartaraf etishda yetakchi psixologik himoya usulining ilmiy asoslaridan “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” fani bo‘yicha Davlat ta’lim standartini shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3743-son ma’lumotnomasi). Natijada,ushbu taklif oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan amaliyotchi psixologlarning kasbiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
pedagogik faoliyatda psixologik himoyani ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik mexanizmlar himoyaning kognitiv, refleksiv, xulqiy va emotsional komponentlarni psixologik treninglarga qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullardan “O‘zbekiston yoshlarida psixologik etuklik ko‘rsatkichlarini o‘rganishning psixodiagnostika vositalarini ishlab chiqish, ilmiy asoslash va amaliyotga tatbiq etish” nomli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3743-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologik himoyaning asosiy komponentlarini shakllantiruvchi sifatlar Markazning ilmiy-amaliy ta’minotini kuchaytirgan;
pedagog shaxsini himoya qilish, o‘quvchi qadriyatlarini inobatga olish, ta’lim jarayonini samarali boshqarish ustuvorlik qiluvchi pedagogik faoliyatning mazmunli kechishini ta’minlovchi psixologik himoyaning shakllari asosida Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2v-son buyrug‘i bilan psixologlarni tayyorlash rejasiga kiritilgan “Shaxslararo psixologiya” kursini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 oktyabrdagi 89-03-3743-son ma’lumotnomasi). Natijada, soha vakillarida psixologik himoya xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha profilaktika ishlarini tashkil etish bo‘yicha namunaviy reja ishlab chiqilgan;
psixologik himoyani ijobiy qo‘llash asosida pedagogik faoliyatga diagnostik, prognostik-yo‘naltiruvchi, konstruktiv-proektiv, axborotni sharhlovchi, kommunikativ-rag‘batlantiruvchi, tahliliy-baholovchi, ijodiy-tadqiqiy faoliyat shakllarini samarali joriy etishga oid amaliy tavsiyalardan Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 26 fevraldagi P-M-2v-son buyrug‘i bilan kiritilgan“Kasb psixologiyasi” modulini faoliyatga joriy etish jarayonida foylanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 oktyabr` 89-03-3743-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan sifatli psixologik tavsifnomalarni tuzishga xizmat qilgan.