Bekimbetova Gulbaxar Risbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni do‘stlik va insoniylik ruhida tarbiyalash an’analari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Ped704.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Allambergenov Kenesbay, filologiya fanlari doktori, professor; Tilegenov Asqarbay Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq pedagogikasi asosida yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalashda qoraqalpoq xalq an’analarining o‘rni va ahamiyati milliy identiklikning mental xususiyatlari (urug‘chilik, oilaviy munosabatlar, shajarasini bilishning shartligi), katta avlod vakillarining bevosita tarbiyaviy ta’siri barqarorligini fol`klor namunalarida ifoda etilishini ko‘rsatib berish orqali asoslangan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasi orqali o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik va insoniylik ruhida tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari shaxsiy (tolerantlik, mas’uliyatlilik, al`truistik) va umummadaniy (ijtimoiy moslashuvchanlik, mustaqil va jamoada ishlash ko‘nikmasi) kompetensiyani ma’naviy-axloqiy layoqat bilan maqbul integrallashuvi identivligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasi orqali o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalash modelining amaliy komponenti milliy tarbiya metodlarini (odatlantirish, ta’birlash, ta’qiqlash, muhokama qilish, taqdirlash) refleksiv usullar (samimiylik mashqi, guruhiy munozara, qarindoshlik terminologiyasi testi, trening) bilan sinektik adaptiv qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish asosida takomillashtirilgan;
etnopedagogik yondashuv asosida o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalashning algoritmik bosqichlari o‘quvchilar uchun dolzarb hayotiy muammolarni tanlash, o‘quvchilarni ijtimoiy-madaniy muhit bilan bevosita muloqotga kirishishi, o‘quvchilarning hayotiy tajribasi bilan aloqadorlikda variativ faoliyat yo‘nalishlarini belgilashga doir texnologik elementlarni aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpoq xalq pedagogikasida yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalash an’analari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalashda qoraqalpoq xalq an’analarining o‘rni va ahamiyatini asoslash, milliy identiklikning mental xususiyatlari, katta avlod vakillarining bevosita tarbiyaviy ta’siri barqarorligi, qoraqalpoq xalq pedagogikasi orqali o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik va insoniylik ruhida tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari, shaxsiy va umummadaniy kompetensiyani ma’naviy-axloqiy layoqat bilan maqbul integrallashuvini ta’minlashga doir takliflardan “Qoraqalpoq adabiyoti” Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 9 martdagi 06-02/4-967-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif o‘quvchilarda milliy o‘z-o‘zini anglash kompetentligini tarkib toptirishga xizmat qilgan;
qoraqalpoq xalq pedagogikasi orqali o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalash modelining amaliy komponentini takomillashtirish, milliy tarbiya metodlarini refleksiv usullar bilan sinektik adaptiv qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan I1-XT-0-17222. “Qoraqalpoq milliy mentalitetini o‘quvchi yoshlarga singdirishda xalq pedagogikasi imkoniyatlaridan foydalanish” (2013-2014 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 10 martdagi 19-03-1041-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq xalq pedagogikasi orqali o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga erishilgan;
etnopedagogik yondashuv asosida o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalashning algoritmik bosqichlari, o‘quvchilar uchun dolzarb hayotiy muammolarni tanlash, o‘quvchilar ijtimoiy-madaniy muhit bilan bevosita muloqotga kirishishi, ularning hayotiy tajribasi bilan aloqadorlikda variativ faoliyat yo‘nalishlarini belgilashga doir texnologik elementlarni aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A1-XT-0-92997. “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” (2012-2014 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 89-03-3954-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif o‘quvchi-yoshlarni do‘stlik, insoniylik ruhida tarbiyalash texnologiyasini qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.