Zaripov Lochin Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion yondashuv asosida 5-7-sinf o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped612.  
Ilmiy rahbar: Sharipov Shavkat Safarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchitashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuv asosida 5-7-sinf o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda texnologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi “faoliyatga yo‘naltirilgan”, “lateral fikrlash” texnologiyalarini DTS talablariga didaktik moslashtirish va ta’lim jarayonida individual rivojlantiruvchi treninglar majmuini qo‘llash asosida takomillashtirilgan:  
o‘quvchilar texnologik kompetensiyalarining asosiy komponentlari (bilish, grafik, amaliy, ijodiy) o‘quv-texnologik faoliyat turlari (psixomotorik, funksional, amaliy) vainterfaol ta’lim texnologiyalari (STEAM, “SMART texnology”) darajalariga mos kompetensiyalar tizimi asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni shakllantirishning tashkiliy tuzilmaviy modeli dars mashg‘ulotlari sifati va ta’lim traektoriyalarini STEAM – ta’lim yondashuviga individuallashtirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda texnologik kompetensiyalarning shakllanganlik darajalari (bilish, amaliy-operatsional, ijodiy) tashxislash komponentlari (tahlil, so‘rovnoma, topshiriq) va funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion yondashuv asosida 5-7-sinf o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariasosida:
o‘quvchilarda texnologik kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan “faoliyatga yo‘naltirilgan”, “lateral fikrlash” kabi innovatsion ta’lim texnologiyalari mazmuni bilan DTS talablarini moslashtirish asosida o‘quvchilarda texnologik kompetensiyalarni shakllantirish jarayonini takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonqarori mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 maydagi 89-03-1638-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan texnologiya fani mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
texnologik kompetensiyalarni shakllantirishning tashkiliy tuzilmaviy modeli va uni joriy etishning metodik ta’minotini (o‘quv mashg‘ulotlarining algoritmik xaritalari, ijodiy xarakterdagi texnologik topshiriqlar, innovatsion o‘qitish vositalari, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi orqali) takomillashtirishga oid yondashuvlarnita’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalardan“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” mavzusidagi 2015-2018 yillarga mo‘ljallangan amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 maydagi  89-03-1638-son ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuvlar o‘quvchilarda texnologik kompetensiyalarni shakllantirish sifatini oshirishi ta’minlangan;
o‘quvchilarda texnologik kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv-texnologik faoliyat turlarini (psixomotorik, funksional, amaliy) bajarish metodlari (variantlarni tanlash, materiallarga ishlov berish, mustaqil ish, buyumlarni modellashtirish) interfaol ta’lim texnologiyalari (STEAM, “SMART texnology”) asosida takomillashtirishga oid takliflar 5-7 sinflar uchun“Texnologiya” fani o‘quv dasturlari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 maydagi  89-03-1638-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologiya fanini o‘qitish va innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarida texnologik kompetensiyalarni shakllantirishsamaradorligi ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish