Turamuratov Ilxombay Bekchanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi hududida kamyob er elementlari ma’danlashuvini bashorotlash va qidiruv mezonlari. Mineral xomashyo bazasini rivojlanitirishning yangi strategiyasi», 04.00.02 – Qattiq foydali qazilma konlarining geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish. Metallogeniya va geokimyo (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/GM88.
Ilmiy rahbar: Xalilov Akmal Abdujalilovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mineral resurslar instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mineral resurslar instituti DM, DSc.24/30.12.2019.GM.40.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Xolikov Azimjon Bobomuradovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kamyob er elementlari konlarini bashorat qilish, qidirish mezonlarini va mineral xomashyo bazasini rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston miqiyosida qiyosiy-solishtirma tahlil asosida kamyob er elementlari minerallashuvini aniqlash uchun istiqbolli asosiy ma’danli hosilalar to‘laroq aniqlangan;
turli xildagi geologik formatsiyalarda kamyob er elementlari minerallashuvini aniqlash uchun qidiruv belgilari va mezonlar to‘plami ishlab chiqilgan;
kamyob er elementlari mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirish bo‘yicha yangi strategiyani shakllantirish uchun uslubiy yondashuvlar ishlab chiqilgan;
kamyob er elementlari konlarini qidirish uchun istiqbolli geologik pozisiyalar boshorot qilingan xaritasi va kamyob er elementlari konlarini topish uchun O‘zbekiston Respublikasi hududini geologiya qidiruv ishlari dasturi tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
REE konlarini qidirish va bashorat qilish mezonlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekistonda kamyob er elementlari konlarini qidirish va bashorat qilish mezonlarini majmuasi va «Geologik pozisiyalarning joylashuvi xaritasi» «Uranredmetgeologiya» AJda amaliyotga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 20 noyabrdagi 02/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning turli mintaqalaridagi (Kelinchek-Tashsoy, Chorkesar, Dekan-Nurata, Gatcha, Altintau va boshqalar) istiqbolli hududlarda tematik va bosqichli geologik qidiruv ishlarini asoslashga imkon bergan;
kamyob er elementlariga istiqbolli yangi pozisiyalar ajratish bo‘yicha tadqiqotlar dasturi Davlat geologiya qo‘mitasining geologiya-qidiruv ishlari dasturini shakllantirishda joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 20 noyabrdagi 02/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli geologiya-qidiruv ishlari dasturiga kiritish imkonini bergan;
mineral-xom ashyo bazasini shakllantirishning yangi strategiyasi «Uranredmetgeologiya» AJ ob’ektlarida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlariga joriy qilingan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 20 noyabrdagi 02/11-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonning Qizilqum (Uchkuduk uch.) va Nurota (Ustuk-Fazil`man uch.) hududlaridagi kamyob er elementlari va uran-kamyob er elementlari turidagi istiqbolli maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirishni asoslash imkonini bergan.