Panoev Abdullo Tilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik korxonalarida qo‘llanilayotgan asinxron motorlarda energiya va resurs tejash», 05.05.02 – Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T412.
Ilmiy rahbar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Taslimov Abduraxim Dexkanovich; texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik korxonalari texnologik mashinalarida qo‘llanilayotgan asinxron motorlarini chastotaviy boshqarish va reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish orqali energiya va resurs tejashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘quv dastgohlarining asinxron motorlarini chastota o‘zgartgich asosida boshqarish usuli takomillashtirilgan;
to‘quv dastgohlarining texnologik parametrlarini hisobga olgan holda “chastota o‘zgartirgich - asinxron motor - to‘quv dastgoh” tizimi ishlab chiqilgan;
to‘quv dastgohlarining takomillashgan elektr yuritma struktura sxemasi asosida barqarorlik ish rejimlari tahlil qilingan va barqaror ishlash  chegaralari  aniqlangan;  
ip strukturasining ko‘rsatkichlari o‘zgarishini aniqlash asosida asinxron motorlarning energiya  tejovchi ish rejimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
To‘quv dastgohlarining asinxron motorlarini chastota o‘zgartgich orqali boshqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
to‘quv dastgohlarini chastota o‘zgartgich yordamida boshqarish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 05999-2018y). Natijada, sarflanadigan elektr energiyani 11% tejash imkoni yaratilgan va sifatli mato ishlab chiqarishga erishilgan;
asinxron motorlarini chastotali boshqarish usuli Buxoro “RUSHAN TEKS” MChJ to‘qimachilik korxonasida joriy etilgan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2018 yil 5noyabrdagi BM-06-5878-son ma’lumotnomasi). Natijada, 133,01 mln so‘m yillik iqtisodiy samara olingan;
reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish qurilmasi “Daewoo Textile” MChJ joriy qilingan (O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasining 2018 yil 5-noyabrdagi BM-06-5878-son ma’lumotnomasi). Natijada, 162.17 mln so‘m yillik iqtisodiy samara olingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish