Djumanov Sherzod Safaralievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Psevdotirqish xodisalari va yuqori haroratli kupratli o‘ta o‘tkazgichlardagipsevdotirqish hosil bo‘lish haroratiga izotop effektlarining ta’sir qilish modellarini ishlab chiqish», 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/FM140.
Ilmiy rahbar: Oksengendler Boris Leonidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Xidirov Irsali, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ayuxanov Rashid Axmetovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori haroratli o‘tao‘tkazgich kupratlarda psevdotirqish xosil bo‘lishining mikroskopik modellarini ishlab chiqish va BKSh-simon psevdotirqishning paydo bo‘lish xaroratiga yangi izotop effektlarining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kam legirlangan, optimal legirlangan va o‘ta legirlangan LSCO va Bi-2212 kupratlardagi psevdotirqish hodisasini ushbu g‘ayrioddiy yuqori haroratli o‘tao‘tkazgich materiallarning Tcdan yuqorida katta polyaronlar hamda katta polyaronlarning BKSh-simon prekursiv juftlashish modellari doirasida kelib chiqishining miqdoriy konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan LSCO va Bi-2212 kupratlarining uyg‘onish spektrlarid aΔr polyaron psevdotirqish kuchli elektron-fonon o‘zaro ta’sir va oraliq legirlash darajalarida hosil bo‘lishi va katta polyaronlarning dissotsiyalanish Trharoratidan pastda paydo bo‘lishi ko‘rsatilgan;
kam legirlangan, optimal legirlangan va o‘ta legirlangan LSCO va Bi-2212 kupratlarning Tc dan yuqorida (ya’ni normal xolatda) uyg‘onish spektrlarida katta polyaronlar juftlashishi natijasida BKSh-simon Δ* psevdotirqish hosil bo‘lishi aniqlangan;
yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan LSCO va Bi-2212 kupratlarining normal xolatidagi xarakterli fazaviy diagrammasi olingan va  Tc dan yuqorida Tr va T* bo‘lgan ikki xil xarakterli haroratning mavjudligi ko‘rsatilgan;
katta va kichik Fermi yuzalarga ega bo‘lgan yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchankupratlarning BKSh-simon psevdotirqish hosil bo‘lish T* harorati uchun hamda BKSh-simon psevdotirqish hosil bo‘lish T* haroratidagi izotop effekt uchun yangi analitik ifodalar olingan;
yuqori haroratli o‘tao‘tkazgich kupratlarda α_(T^*)^Okislorod va α_(T^*)^Cu mis izotop effekt koeffisientlarining T* haroratidagi izotopik ta’sir koeffisientlarining xisoblash uchun yangi analitik ifodasi olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori haroratli o‘ta o‘tkazgich kupratlarda psevdotirqish xodisalari va ushbu psevdotirqish hosil bo‘lish haroratidagi izotop effektlarini nazariy izlanishlar asosida olingan  natijalar asosida:
yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan LSCO va Bi-2212 kupratlarda psevdotirqish hodisalari va psevdotirqish paydo bo‘lish haroratiga izotop effektlarining ta’sirini rivojlantirilgan miqdoriy konsepsiyasi, shuningdek hisoblash uchun olingan analitik ifodalar “Polimer matrisasiga mikro o‘lchamdagi mineral yig‘uvchi moddalar kiritilganda polimer kompozit materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarining yaxshilanishi” (2013-2017) mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (K. Jubanov nomidagi Oqtobe davlat universitetining (Qozog‘iston) 2019 yil 4 martdagi 21-13/753-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ushbu materiallarning psevdotirqish hususiyatlarini tushuntirishga imkon bergan;
yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan kupratlarda psevdotirqishlarning hosil bo‘lishi va ushbu materiallarda psevdotirqish hosil bo‘lish haroratiga yangi izotop effektlari bo‘yicha olingan natijalar, hamda ularni o‘rganishdagi olingan analitik ifodalar xorijiy tadqiqotchilar tomonidan (International Journal of Modern Physics B, 2019; International Journal of Modern Physics B,Vol. 32, 2018; International Journal of Modern Physics B,Vol. 30, 2016; International Journal of Modern Physics B,Vol. 29, 2015) turli xil yuqori haroratli o‘ta o‘tkazuvchan materiallarida psevdotirqishning paydo bo‘lishi va psevdotirqishning hosil bo‘lish haroratiga izotop ta’sirini aniqlashda foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish