Esanov Rahmat Sulton o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Triterpen kislotalarining (glisirrizin, glisirret) yangi hosilalari sintezi va biologik faolligi», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/K213.
Ilmiy rahbar: Gafurov Maxmudjon Bakievich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Abdulladjanova Nodira Gulomjonovna, kimyo fanlari doktori, professor; Xalikov Tursunali Suyunovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shirinmiya (Glycyrrhiza glabra. L) o‘simligi ildizining triterpenoidlari - GlK va GKning yangi hosilalarini sintez qilish, GK, GKMAT asosida molekulyar komplekslar olish hamda olingan moddalarning biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GK va GKMATning aromatik, geterohalqali aminlar, DK hamda FK bilan supramolekulyar komplekslari (38 ta) olingan, ularning tuzilishi optik spektroskopiya usullari yordamida isbotlangan, kompleks birikmalarning barqarorlik konstantalari va Gibbs erkin energiyalari qiymatlari aniqlangan;
ilk bor 3-O-AGlK bilan qator geterohalqali aminlarning yangi amidlari (14 ta) sintez qilingan, ularning tuzilishi IQ-, UB-, 1N, 13S YaMR-spektroskopiya usullari yordamida aniqlangan;
triterpen kislotalarning amidlari sintezini amalga oshirishda PFKdan kondensirlovchi agent sifatida qo‘llash imkoniyati topilgan va reaksiyaning taxminiy mexanizmi aniqlangan;
GK, GlKning ayrim aromatik va geterohalqali aminlar, alkaloidlar bilan 20 ta tuzlari olinib, ularning fizik-kimyoviy kattaliklari hamda kimyoviy tuzilishi IQ-spektroskopiya va mass-spektrometriya usullari yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Triterpen kislotalarining (GK, GlK) yangi hosilalari sintezi va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GlK va uning yangi sintez qilingan hosilalaridan FA-A11-T060 raqamli «Perspektiv immuno-modulyator va saratonga qarshi preparatlar sifatida hujayra hajm boshqa-rilishi va hajmga bog‘liq anion kanallarining yangi modulyatorlarini izlash» loyihasida gipoosmotik stress sharoitida timotsit hujayralari hajm boshqarilishiga ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 4/1255-1966-son ma’lumotnomasi). Natijada, GlKning ayrim alkaloidlar, geterohalqali aminlar bilan olingan tuzlari hujayralar hajm boshqarilish tizimini kuchli ingibirlash imkonini bergan;
GK, GKMAT bilan geterohalqali aminlardan olingan komplekslar S-A-2018-004 raqamli «Anor (Punica granatum L.)ning biotexnologik kolleksiyasini yaratish va patogensiz ko‘chatlarini olish texnologiyasini yo‘lga qo‘yish» loyihasida anorninr in vitro sharoitda patogensiz ko‘chatlarini olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3437-son ma’lumotnomasi). Natijada, in vitro sharoitda supramolekulyar komplekslarni ozuqa muhitiga qo‘shilganda, anorning kallus to‘qimalaridan vegetativ organlar hosil bo‘lishini tezlashtirish imkonini bergan.