Sobirova Fotima Azamjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lagoxilin hosilalari sintezi, supramolekulyar komplekslarini olish va ularning biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K207. 
Ilmiy rahbar: Matchanov Alimjon Davlatbaevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/V.37.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuxamedov Mugrajitdin Salaxovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maulyanov Salixjon Olimjonovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: lagoxilinning ikki asosli karbon kislotalari bilan hosilalari sintezi, GK hamda uning ayrim tuzlari bilan supramolekulyar komplekslarini olish, biologik faolligini aniqlash, shuningdek gel` shaklidagi gemostatik dori vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor dikarbon kislotalari angidridlari asosida lagoxilinning murakkab efirlari kimyoviy sintezi usuli ishlab chiqilgan, olingan moddalarning fizik-kimyoviy va spektral xususiyatlari hamda kimyoviy tuzilishlari aniqlangan;
ilk bor sintez qilingan moddalarning suvda eruvchan supramolekulyar kompleks birikmalari olinib, ularning fizik-kimyoviy, spektral va gidrodinamik xususiyatlari, barqarorlik konstantalari hamda Gibbs erkin energiyalari qiymatlari aniqlangan;
lagoxilin yangi hosilalarining maxsus gemostatik faolligi ularning kimyoviy tuzilishiga, ularning tarkibidagi karboksil guruhlarining soniga, joylashgan o‘rniga va suvda eruvchanligiga bog‘liq ekanligi aniqlangan.
lagoxilin supramolekulyar kompleks birikmasining yangi gemostatik gel` shaklidagi dori vositasining maqbul tarkibi aniqlangan va uning spesifikatsiyasi hamda vaqtinchalik farmakopeya maqolasi (VFM) loyihasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Lagoxilin hosilalari sintezi, supramolekulyar komplekslarini olish va ularning biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
GK va GKMATning lagoxilin hosilalari bilan olingan komplekslari S-A-2018-004 «Anor (Punica granatum L.)ning biotexnologik kolleksiyasini yaratish va patogensiz ko‘chatlarini olish texnologiyasini yo‘lga quyish» loyihasida anorninr in vitro sharoitda patogensiz ko‘chatlarini olishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-03-2936-son ma’lumotnomasi). Natijada, in vitro sharoitidagi ozuqa muhitiga GK va GKMATning lagoxilin hosilalari bilan olingan komplekslari qo‘shilganda, anorning kallus to‘qimalaridan vegetativ organlarning hosil bo‘lishini tezlashtirish imkonini bergan;
lagoxilinning dikarbon kislotalar bilan olingan hosilalari FA-A11-T060 raqamli «Perspektiv immuno-modulyator va saratonga qarshi preparatlar sifatida hujayra hajm boshqarilishi va hajmga bog‘liq anion kanallarining yangi modulyatorlarini izlash» loyihasida gipoosmotik stress sharoitida timotsit hujayralari hajm boshqarilishiga ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 30 sentyabrdagi 4/1255-2088-son ma’lumotnoma). Natijada, lagoxilin hosilalari nazorat bilan solishtirilganda gipoosmotik stress sharoitida hujayra hajm boshqarilish xususiyatini nazoratga nisbatan sezilarli ta’sir etish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish