Xudayberdiev Asomiddin Kurbonkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda talaba-yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal150.
Ilmiy rahbar: Abilov O‘ral Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Do‘stmurod Toshpo‘latovich siyosiy fanlar doktori, professor; G‘affarova Gulchehra G‘ulamjonovna falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston talaba-yoshlari dunyoqarashining xavfsizligini ta’minlash, ular faoliyatida bilim va amaliyot uyg‘unligiga erishishda axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishning ahamiyatini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba-yoshlarning online va offline ta’lim olish jarayonida mustaqil fikrlashi, kasbiy faoliyatida egallagan bilimlaridan maqsadli foydalanishi uchun axborot xavfsizligini ta’minlashning zarurati asoslangan;
milliy va xalqaro axborot makoni xavfsizligi mutanosibligining ta’minlanishi talaba-yoshlarning turli tanlovlarda o‘zaro muloqot erkinligiga erishish omili ekanligi ochib berilgan;
talaba-yoshlarning xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imtiyozlar ular dunyoqarashida mulk egasi bo‘lish tuyg‘usining shakllantirish va xavfsiz axborot makonida mustaqil faoliyat olib borish imkoniyati ekanligi isbotlangan;
talaba-yoshlarning startap loyihalarida ishtiroki ijtimoiy jarayonlarga nisbatan dahldorlik tuyg‘usi va kiberbullingga (internet orqali qo‘rqitish) qarshi mafkuraviy immunitet sifatida amal qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda talaba-yoshlarning axborot xavfsizligini ta’minlashning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini tadqiq etish davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
talaba-yoshlarning online va offline ta’lim olish jarayonida, mustaqil fikrlashi, kasbiy faoliyatida egallagan bilimlaridan maqsadli foydalanishi uchun axborot xavfsizligini ta’minlashning zaruratiga oid amaliy tavsiyalardan «Talaba-yoshlarning ongiga qaratilgan axborot xurujlarining oldini olish, ularda ma’lumotlar, internet va boshqa axborot resurslaridan o‘rinli foydalanish madaniyatini shakllantirish» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 avgustdagi 89-03-2892-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari talaba-yoshlar dunyoqarashining axborot xavfsizligini ta’minlashga oid ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarining mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
milliy va xalqaro axborot makonining xavfsizligini ta’minlash talaba-yoshlarning turli tanlovlarda o‘zaro muloqot erkinligiga erishish omili ekanligiga doir takliflardan «Yoshlarni g‘oyaviy tahdid ta’sirlaridan himoya qilishning amaliy metodik jihatlari» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 17 iyundagi 8-7-8/836-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarning mustaqil ta’lim olish va fikrlash, professional faoliyatida qat’iy qarorlar qabul qilish, siyosiy hushyorlik va ijtimoiy mas’uliyatini oshirishga xizmat qilgan.
talaba-yoshlarning xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun yaratilayotgan imtiyozlar ular dunyoqarashida mulk egasi bo‘lish tuyg‘usining shakllantirish va xavfsiz axborot makonida mustaqil faoliyat olib borish imkoniyati ekanligiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining «Yoshlar kelajak bunyodkori» loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 15 iyuldagi 04-13/3266-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar yoshlarning xususiy tadbirkorlik sub’ektlari sifatida biznes rejalar ishlab chiqishi, xavfsiz axborot makonida yangi bilim, ko‘nikmalardan foydalanishiga va mulkdor tuyg‘usining shakllanishiga xizmat qilgan.
talaba-yoshlarning startap loyihalarida ishtiroki ijtimoiy jarayonlarga nisbatan dahldorlik tuyg‘usi va kiberbullingga (internet orqali qo‘rqitish) qarshi mafkuraviy immunitet sifatida amal qilishiga doir xulosalardan PZ-20170930369 raqamli amaliy loyihada foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 11 iyuldagi 02/09-948-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba-yoshlarning dunyoqarashini axborot manipulyasiyalaridan himoya qilish, ularda tanqidiy tafakkurni shakllantirishga yo‘naltirilgan mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga erishilgan.