Norxudjaev Fayzulla Ramazanovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Metall qatlamli kompozisiyalarni ishlab chiqarish va termik ishlov berishning nazariy va texnologik asoslarini yaratish», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T312.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti, 14.07.2016.T/FM.02.02.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori; Mixridinov Riskidin Mixridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Agregat zavodi» aksionerlik jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan metall qatlamli kompozisiyalar ishlab chiqarish va termik ishlov berishning nazariy va texnologik asoslarini yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metall qatlamli kompozisiyalarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
metallning kristallanish jarayonida ichki zo‘riqish kuchlari yuzaga kelishini ifodalaydigan analitik usul takomillashtirilgan;
yuqori zarbli qovushqoqlikka ega bo‘lgan metall qatlamli kompozisiyalarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
suyuq qotishmani kvaziyarimkristalligi va diffuziya mexanizmini e’tiborga olgan holda metall qatlamli kompozisiyalarning shakllanish mexanizmi aniqlangan;
metall qatlamli kompozisiyalarning termik ishlov berish rejimlari ishlab chiqilgan;
metall qatlam va nometall kompozisiyalarning kompozisiyadagi oraliq qatlam qalinligiga nisbatan funksional bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Metall qatlamli kompozisiyalarni ishlab chiqarish va termik ishlov berish texnologiyasini yaratish asosida:
mashinasozlikda ishlatiladigan asbob va detallar yuzasiga issiq holda presslash usuli bilan eyilishga chidamli qoplamlar qoplash texnologiyasi «Muborakneftgaz» davlat unitar korxonasida asbob va detallarning xizmat muddatini oshirish uchun qo‘llanilgan («O‘zbekneftgazqazibchiqarish» aksiyadorlik kompaniyasining 2016 yil 26 oktyabrdagi 8/2-AK-778j-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan texnologiyaning qo‘llanishi shtamplash asbobining xizmat ko‘rsatish muddatini besh marta oshirish imkonini bergan;
metall qatlamli kompozisiyalarning optimal tarkibi «Alutex» qo‘shma korxonasida asbob va detallarning mexanik xossalarini oshirish uchun tatbiq etilgan («Alutex» qo‘shma korxonasining 2016 yil 29 sentyabrdagi 259-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan eyilishga chidamli qoplama materialining optimal tarkibining qo‘llanishi metall qatlamli kompozisiyalarning mexanik xossalarini yaxshilash imkonini bergan;
shtamplash, metall qirqish va shakl berish asboblari uchun bimetall kompozisiya «Alutex» qo‘shma korxonasida asbob va detallarning mustahkamligini oshirish uchun tatbiq etilgan («Alutex» qo‘shma korxonasining 2016 yil 29 sentyabrdagi 259-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan bimetall kompozisiyani qo‘llanishi asboblarning mustahkamligini 1,5–2 marta oshirish imkonini bergan.