Raxmatullaeva Dilafruzxon Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ilm-ma’rifat» semali lug‘aviy birliklarning struktur-semantik va tarixiy-funksional tadqiqi », 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil661.
Ilmiy rahbar: Iskandarova  Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Shahobiddinova Shohida Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Hurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek tilidagi “ilm-ma’rifat” semali lug‘aviy birliklarni struktur-semantik va tarixiy-funksional asosda tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ilm-ma’rifat” semali siyosiy, ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy sohaga oid leksemalarning istiqlol yillaridagi qo‘llanilish darajasi asoslangan;
“ilm-ma’rifat” semali shaxs, predmet, belgi va jarayon nomlarini anglatuvchi lug‘aviy birliklarning struktur-semantik belgilari aniqlangan;
Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarlarida qo‘llanilgan ilm-ma’rifatga oid tushunchalar nomlarining funksional-uslubiy xususiyatlari  dalillangan;
jadidchilik harakati namoyandalari asarlaridagi “ilm-ma’rifat” semali lug‘aviy birliklarning mazmuniy, diaxron va me’yoriy asoslari yoritilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilidagi «ilm-ma’rifat» semali lug‘aviy birliklarning struktur-semantik va funksional-tarixiy tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilidagi «ilm-ma’rifat» semali tushunchalarning semantik va antropotsentrik tahliliga doir nazariy qarashlar, amaliy tavsiyalardan XT-F2-013 raqamli «Umumiy o‘rta ta’lim  maktablari amaliy psixologlari faoliyatini takomillashtirishning fundamental asoslari» (2007-2011) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi  80-03-3821-son ma’lumotnomasi). Natijada umumtil materiallaridan to‘g‘ri  va samarali foydalanishga erishilgan, zarur o‘rinlarda ularning o‘zbekcha muqobiliga almashtirishda xizmat qilgan;
RUECVET: “Pilotirovanie Evropeyskoy sistemi perevoda zachetnix edinis (kreditov) dlya professional`nogo obrazovaniya i obucheniya (ECVET) v natsional`nix sistemax professional`nogo obrazovaniya i obucheniya Rossii i Uzbekistana” (2016-2019)  mavzusidagi 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP raqamli xalqaro loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi  80-03-3821-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili va adabiyoti hamda pedagogika-psixologiya ta’lim yo‘nalishlarida til nazariyasi, tilshunoslikka kirish, qiyosiy tilshunoslik sohasini o‘qitishda samaradorligi oshgan;
“O‘zbekiston” teleradiokanalining eshittirishlari, teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda unumli foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 12 oktyabrdagi 04-25-944-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar materiallarining ta’sirchanligi, rang-barangligi ortgan, mazmunan mukammallashishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish