Pulatov Jaxongir Nazirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Demokratik jamiyatda «Inson taraqqiyoti» konsepsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.1 PhD/Fal144.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IKfaoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IKraqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12. 2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sharoitida Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Inson taraqqiyoti» konsepsiyasining faoliyat yo‘nalishlarini va inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rnini asoslash hamda rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson taraqqiyotiga yo‘nalgan salomatlik, uzoq umr ko‘rish, bilim egallash, munosib hayot kechirish jarayonlarining mamlakat rivojlanish darajasini belgilab beruvchi birlamchi asos ekanligi xorij davlatlarida amal qilayotgan jarayonlar bilan aloqasi va farqi qiyosiy tahlil metodi orqali isbotlangan;
insonparvarlik, mehr-shafqat, bag‘rikenglik kabi axloqiy tamoyillar aholi turli qatlamlari dunyoqarashida inson taraqqiyotining ma’naviy kafolati sifatida amal qilishi umumiy o‘zaro aloqadorlik tamoyili asosida ochib berilgan;
mamlakatda erkinlik, tenglik, birdamlikni ta’minlash uchun yaratilgan sharoitlar inson taraqqiyotida mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan kuch ekanligi metodologik yondashuv orqali ochib berilgan;
«Inson taraqqiyoti» konsepsiyasi doirasidagi xalqaro hamkorlik, millatlararo totuvlik, iqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi insonlarda rozilik tuyg‘usini shakllantirish omili ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Demokratik jamiyatda «Inson taraqqiyoti» konsepsiyasining ijtimoiy – falsafiy tahlili bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
inson taraqqiyotiga yo‘nalgan salomatlik, uzoq umr ko‘rish, bilim egallash munosib hayot kechirish jarayonlarining mamlakat rivojlanish darajasini belgilab beruvchi birlamchi asos ekanligi horij davlatlarida amal qilayotgan jarayonlar bilan aloqasi va farqi qiyosiy tahlil metodi orqali isbotlanganligiga oid nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-1-133+(A-1-132) raqamli «Falsafa tarixini o‘rganish asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mexanizmini tadqiq etish» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 1 fevraldagi 89-03-413-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida nashr etilgan o‘quv qo‘llanmaning mazmuni mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida aholining munosib hayot kechirishi, bilim olishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilgan.
insonparvarlik, mehr-shafqat, bag‘rikenglik kabi axloqiy tamoyillar aholi turli qatlamlari dunyoqarashida inson taraqqiyotining ma’naviy kafolati sifatida amal qilishi umumiy o‘zaro aloqadorlik tamoyili asosida ochib berilganligiyuzasidan olingan ilmiy xulosa va takliflaridan «Hayot va qonun» va «Oila va jamiyat» nomli eshittirishlarning ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 20 avgustdagi 04-25-904-son ma’lumotnomasi). Natija «Inson taraqqiyoti» konsepsiyasining mehr-saxovat, bag‘rikenglik kabi axloqiy tamoyillar mamlakatning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligining kafolotini ta’minlashga erishilgan.
mamlakatda erkinlik, tenglik, birdamlikni ta’minlash uchun yaratilgan sharoitlar inson taraqqiyotida mustaqil fikrlashga yo‘naltirilgan kuch ekanligi metodologik yondashuv orqali ochib berilganligigadoir ilmiy tahliliy xulosalar echimlardan 01-14/17 raqamli «Yosh tadbirkor-elga madadkor» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2020 yil 20 avgustdagi 18/1-258-son ma’lumotnomasi). Natija inson taraqqiyoti mezonlari inson ehtiyojlarini qondirishga ularning ezgulik, bunyodkorlik, birdamlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan. 
«Inson taraqqiyoti» konsepsiyasi doirasidagi xalqaro hamkorlik, millatlararo totuvlik, iqtisodiy barqarorlikning taminlanishi insonlarda rozilik tuyg‘usini shakllantirish omili ekanligiga oid taklif va tavsiyalaridan 59-09/44 raqamli «Majburiy mehnatga yo‘l yo‘q» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2020 yil 20 avgustdagi 18/1-258-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, o‘z huquq va erkinlaridan foydalanish, mamlakatda amalga oshirilayotgan inson huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan islohotlarning qadriga etish fazilatlarini shakllantirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish