Normo‘minov Sherzod To‘ychievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili so‘z turkumlari tizimidagi yadro-periferiya aloqalarining funksional-semantik tadqiqi”, 10.00.01 – O‘zbek tili  (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil687.
Ilmiy rahbar: Eltazarov Juliboy Danaboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03. 
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi  tashkilot: Namangan davlat universiteti.        
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilida so‘z turkumlarining ko‘chishi natijasida yuzaga keluvchi yadroviy va periferial qismlar, ularning lisoniy tabiati va maqomi, markaziy va chekka qismlar o‘rtasidagi semantik-struktur va funksional-semantik munosabatlarini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
o‘zbek tili co‘z turkumlari paradigmasida yadroviy va periferial qismlar, ularning funksional-semantik, funksional-sintaktik, leksik-grammatik  xususiyatlari aniqlanib, so‘z turkumlaridagi yadroviy va periferial qismlar tushunchalarining mohiyati asoslangan;
so‘z turkumlaridagi yadro-periferiya munosabati kategorial-semantik aspektda  yadroda - tipik, chekkada – gibrid so‘zlar, funksional planda esa markazda ko‘p qo‘llanuvchi, periferiyada kam qo‘llanuvchi birliklar joylashishi ochib berilgan; 
mustaqil, yordamchi va alohida turkumlardagi yadro va periferial qismlar tildagi diskretlik va muntazamlik, butunlik va bo‘linuvchanlik, sabab va oqibat, birlik va ko‘plik, cheklilik va cheksizlik, doimiylik va o‘tkinchilik, bo‘shlik va to‘lalik, mavjud bo‘lish va bo‘lmaslik konseptlarini ifodalashi isbotlangan;
so‘z turkumlari paradigmasiga oid har bir turkumdagi mavjud markaz-qurshov munosabati va hamda har bir qismning o‘ziga xos funksional-semantik vazifalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek tili so‘z turkumlari tizimidagi yadro-periferiya aloqalarining funksional-semantik tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
so‘z turkumlari tizimidagi ot, fe’l, sifat va ravish so‘z turkumlarining derivatsion xususiyatlariga doir xulosalardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental  loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2861-son ma’lumotnomasi). Natijada tildagi derivatsion o‘zgarishlarda so‘z turkumlari taraqqiyotidagi diaxron va sinxron o‘zgarishlarning roli va o‘rni masalalariga oydinlik kirgizilgan; 
o‘zbek tili so‘z turkumlaridagi so‘z turkumlari evolyusiyasi, markaz va qurshov xususidagi xulosalardan A-FA-2019-9 raqamli “Qadimiy yozma noyob qo‘lyozma va manbalarni tadqiq qilish, ularning raqamlashtirilgan  bibliotekasini yaratish” mavzusidagi  loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Xorazm Ma’mun Akademiyasining 2020 yil 18 avgustdagi 87/1-20-son ma’lumotnomasi). Natijada qo‘lyozma manbalarda uchrovchi qadimiy so‘zlarning turkumini aniqlash va ularni leksik-semantik tasniflashda muhim samara bergan;
so‘z turkumlaridagi yadro-periferiya munosabatlarining til taraqqiyotiga o‘tkazadigan ta’siriga oid xulosalardan PZ-20170930309 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori tilining  adabiy til rivojiga ta’siri masalasi” mavzusidagi fundamental loyihasida  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 89-03-2861-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillar so‘z turkumlaridagi yadro-periferiya munosabatlari tufayli yuz beradigan o‘zgarishlarning fol`klor tili va adabiy til taraqqiyotiga ta’siri xususida tegishli ilmiy xulosalar chiqarilgan;
tadqiqotdagi material va xulosalardan Turkiya Respublikasidagi Firat Universiteti Gumanitar va sotsial fanlar fakul`tetiga qarashli “Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar” kafedrasidagi ta’lim jarayonida, xususan: ÇTL 311.Özbek ve Yeni Uygur Türkçesi I (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili I); ÇTL 312. Özbek ve Yeni Uygur Türkçesi II (o‘zbek va yangi uyg‘ur tili II); ÇTL 314. Özbek ve Yeni Uygur Edebiyatı (o‘zbek va yangi uyg‘ur adabiyoti) ; ÇTL 212. Türk Dilinin Sözvarlığı (turkiy tilning leksikasi) kabi fanlarni o‘qitishda foydalanilgan (Firat Universiteti Gumanitar va sotsial fanlar fakul`tetiga qarashli Hozirgi turkiy tillar va adabiyotlar kafedrasining 2020 yil, 19 avgustdagi ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili, o‘zbek adabiyoti, uyg‘ur tili va uyg‘ur adabiyoti, turkiy tillar morfologiyasi fanlarini o‘qitishni yaxshilashga hamda tegishli mavzularni talabalar tomonidan yaxshi o‘zlashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish