Majidova Oysafar Umarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: “Abu Ali Ibn Sino falsafasida haqiqatga erishishning mantiqiy konsepsiyasi”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq ixtisosligi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.3.PhD/Fal89.
Ilmiy raxbar: Fayzixodjaeva Dilbar Irgashevna falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03./30.2019.G‘.01.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Mahbuba Nurullaevna falsafa fanlar doktori, professor; Karimov Baxtiyor Rahimovich falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ibn Sino haqiqatga erishishning mantiqiy konsepsiyasi mohiyatining yangi tafakkur uslubi shakllanishiga ta’sirini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yaqin va O‘rta Sharq peripatetiklarining haqiqat haqidagi qarashlari Ibn Sino mantiqiy konsepsiyasidagi nazariyaning tajribadan olingan ma’lumotlarga muvofiq bo‘lishi va amaliyotda tasdiqlanishi”ga oid g‘oyalari tarixiylik va zamonaviy argumentlash asosida ochib berilgan;
Ibn Sinoning haqiqat konsepsiyasida “empirizm va ratsionalizmning mutanosibligi”, “xaqiqat va yolg‘onni farqlash”, “bilim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash usuli” mavhumlikdan konkretlikka o‘tish metodi asosida isbotlangan;
Ibn Sinoning haqiqatga erishish mantiqiy konsepsiyasidagi chin va xato fikrlarni farqlash, ishonch-e’tiqodni shakllantirishda isbotlashning “deduktiv, induktiv va analogik” usullaridan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan;
Ibn Sinoning xulosa chiqarish va isbotlashga oid ta’limoti asosida ijtimoiy fikrni shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ibn Sino falsafasida haqiqatga erishishning mantiqiy konsepsiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Sharq mutafakkirlarining haqiqatga erishishga oid qarashlari qiyosiy tahlili va Ibn Sino g‘oyalarining ustuvor yo‘nalishlari”ga oid g‘oyalar “Mantiq tarixi va nazariyasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 apreldagi 89-03-3077-son ma’lumotnomasi). Olingan natija darslikning “IX –XII asrlarda Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlaridagi rivoji” mavzusida Al-Kindiy, G‘azzoliy, Forobiy, Ibn Sino mantiqiy qarashlarining qiyosiy tahliliga oid g‘oyalarini ochib berishga xizmat qilgan;
Ibn Sinoning haqiqatga oid qarashlari tafakkur imkoniyatlarining cheksizligi empirizm va ratsional bilim uyg‘uligining mahsuli ekanligiga oid tadqiqot xulosalaridan oliy o‘quv yurtlarining bakalavr yo‘nalishiga mo‘ljallangan “Falsafa” darsligida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 apreldagi 89-03-3077-son ma’lumotnomasi). Natijada, darslikning “Falsafada haqiqat muammosi” mavzusida empirik va ratsional bilim uyg‘unligi, isbotlash va rad etishning haqiqatga erishish yo‘li ekanligiga oid g‘oyalarni ochib berishga xizmat qilgan;
Ibn Sinoning haqiqatga erishish mantiqiy konsepsiyasidagi chin va xato fikrlarni farqlash, ishonch-e’tiqodni shakllantirishda isbotlashning “deduktiv, induktiv va analogik” mexanizmlari, xulosa chiqarish va isbotlashga oid ta’limoti asosida ijtimoiy fikrni shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkilga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi bilan Milliy madaniy markazlarining fundametal loyihalari doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 19 dekabrdagi 01-09-2350-son ma’lumotnomasi). Natija, Respublikada yashayotgan turli millat vakillarining “O‘zbekiston umumiy uyimiz” shiori ostida olib borayotgan faoliyatida vatan tuyg‘usining namoyon bo‘lishiga, madaniy markazlarning muloqotini samarali tashkil etishda ommaviy axborot vositalaridagi axborotlarning chinlik va ishonchlilik darajasini aniqlashga xizmat qilgan.