Tursunov Farrux G‘ulomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Noyuridik oliy ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim nazariyasi va metodikasini takomillashtirish (“Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (huquq) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam:B2019.4.PhD/Ped1208.
Ilmiyrahbar: Mirkasimova Marguba Mirkabilovna, pedagogika fanlaridoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti huzuridagi DSc.30.08.2018.Yu.74.01. raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiyopponentlar: Usmanova Muborak Akmaldjanovna, yuridik fanlari doktori, professor; Mamatqulov Davlatjon Maxamatjonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi noyuridik oliy ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim nazariyasi va metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noyuridik oliy ta’lim muassasalarida huquq fanlarini o‘qitish mazmuni hamda modeli interfaol (interactive learning) va muammoli ta’lim (problem learning), o‘yin texnologiyalari (gaming technology) asosida takomillashtirilgan;
interfaol metodlar, o‘quv keyslari, huquqiy kazuslar, didaktik o‘yinlar, xususan, “Bir asosga ega iboralar” didaktik o‘yini negizida huquq fanlarini o‘qitish samaradorligini ta’minlash asoslangan;
noyuridik oliy ta’lim muassasalarida huquq fanlarini o‘qitish samaradorligini baholovchi kognitiv, empirik, kreativlik mezonlari hamda daraja ko‘rsatkichlari belgilangan;
strategik yondashuv asosda noyuridik oliy ta’lim muassasalarida huquq fanlarini o‘qitish samaradorligini belgilovchi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Noyuridik oliy ta’lim muassasalarida huquqiy ta’lim nazariyasi va metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
noyuridik oliy ta’lim muassasalarida huquq fanlarini o‘qitishning xususiy-metodik tamoyillari va yondashuvlari, huquqiy ta’lim mazmunini strukturalashtirishning didaktik parametrlarini aniqlashtirish, konsentrizm tamoyili asosida tayanch, fanlararo va xususiy kompetensiyalarni ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalardan “5111600 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 89-03-2369-son ma’lumotnomasi). Natijada, noyuridik oliy ta’lim muassasasi talabalarining huquqiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
noyuridik oliy ta’lim muassasalarida huquq fanlarini o‘qitishning tashkiliy-funksional modelining amaliy komponentini takomillashtirish, interfaol metodlar, o‘quv keyslari, huquqiy kazuslar, didaktik o‘yinlarni talabalarning reproduktiv, evristik, kreativ darajadagi o‘quv-bilish faoliyati bilan gorizontal va vertikal aloqadorligini hisobga olishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan mehnat qonunchiligi hujjatlari bilan ishlashda hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bolalarni ta’limga qamrab olish kabi o‘quv modullari bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 noyabrdagi 89-03-4916-son ma’lumotnomasi). Natijada, huquqiy ta’lim jarayonida interfaol o‘qitish usullaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
huquq fanlarini o‘qitishning innovatsion texnologiyalarini PAMO-formula yuridik usulini mediatsiya texnikasi bilan o‘zaro maqbul integratsiyasini ta’minlash orqali trening mashg‘ulotlarida adaptiv qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya” Konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 1 iyuldagi 207-624-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu takliflarning amaliyotga tatbiq etilishihuquqiy ta’lim bo‘yicha kouch-trenerlar tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.