Normatov Otabek Maxamatjonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
  
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta Osiyoda 1926 yili o‘tkazilgan rayonlashtirish siyosatining O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga ta’siri», 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar.126. 
Ilmiy rahbar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini  mexanizatsiyalash muxandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor; Xasanov Baxtiyor Vaxapovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  O‘rta Osiyoda 1926 yili o‘tkazilgan rayonlashtirish siyosatining O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga ta’sirini tizimli ravishda ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
sobiq sovet hokimiyatining o‘z manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni jonlantirish va vayron bo‘lgan xalq xo‘jaligini tiklash uchun iqtisodiy rayonlashtirish siyosatining amalga oshirilishi respublika iqtisodiyotini ma’lum rayonlar salohiyatiga mos ravishda qayta tashkil qilishga qaratib, asosiy maqsad va undan kutilgan natija respublikadagi ma’muriy hokimiyatni mustahkamlash bo‘lganligi isbotlangan;
sobiq O‘zbekiston SSRda o‘tkazilgan iqtisodiy rayonlashtirish siyosatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan maxsus rayonlashtirish komissiyalari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar (sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun mos iqlim, tabiiy sharoitlar) natijasida mamlakat hududiga taqsimlanishi va joylashtirilishi hududlarning bir tomonlama rivojlantirilishiga olib kelganligi dalillangan;
rayonlashtirish siyosatining iqtisodiy va ma’muriy rayonlashtirish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi aholining etnik tarkibi, okruglar va rayonlaridagi ijtimoiy va madaniy hayotiga turlicha ta’sir ko‘rsatib, hududlarning notekis rivojlanishiga olib kelganligi isbotlangan;
iqtisodiy rayonlashtirishda mamlakat xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan uni turli iqtisodiy rayonlar, ya’ni qismlarga ajratish muhimligini nazarda tutgan holda, O‘rta Osiyoda o‘tkazilgan rayonlashtirish siyosati mamlakatning hududiy-iqtisodiy tuzilmasini o‘zida aks ettirganligi, undagi asosiy omil territorial ijtimoiy mehnat taqsimoti ekanligi, bu taqsimot tufayli ayrim rayonlar ishlab chiqarishning ma’lum tarmoqlari bo‘yicha ixtisoslashganligi, transport va aloqaning mavjud bo‘lishi zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘rta Osiyoda 1926 yili o‘tkazilgan rayonlashtirish siyosatining O‘zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga ta’siri mavzusiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
sobiq sovet hokimiyatining o‘z manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni jonlantirish va vayron bo‘lgan xalq xo‘jaligini tiklash uchun iqtisodiy rayonlashtirish siyosatining amalga oshirilishi respublika iqtisodiyotini ma’lum rayonlar salohiyatiga mos ravishda qayta tashkil qilishi kabi ilmiy natijalardan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutida bajarilgan “O‘zbekistonda suvga munosabat, xalqimizning ekologik va ijtimoiy tafakkurining yangilanish mexanizmlarini takomillashtirish” nomli amaliy loyiha (PZ-20170930170) doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3612-son ma’lumotnomasi). Jumladan, rayonlashtirish natijasida, hududdagi qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar, rayonlararo iqtisodiy aloqalar haqidagi yangi ma’lumotlarni olishga imkoniyat yaratilgan;
sobiq O‘zbekiston SSRda o‘tkazilgan iqtisodiy rayonlashtirish siyosatini amalga oshirish uchun amalga oshirilgan tadbirlar, maxsus rayonlashtirish komissiyalari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar, mamlakat hududiga taqsimlanishi va joylashtirilishiga  oid ilmiy natijalardan, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalidagi “Taqdimot” va “Evrika+” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 21 oktyabrdagi 02-40-2187-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari teletomoshabinlarga ob’ektiv ma’lumotlarni etkazib, aholi, ayniqsa yoshlarda tarixiy ong va dunyoqarashni shaklantirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari mazmunini oshirishga imkon bergan; 
rayonlashtirish siyosatining iqtisodiy va ma’muriy rayonlashtirish kabi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi, aholining etnik tarkibi, okruglar va rayonlardagi ijtimoiy va madaniy hayotga turlicha ta’siri, rayonlashtirish natijasida hududlarning notekis rivojlanishiga doir ilmiy xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 7 noyabrdagi 02/09-1498-son ma’lumotnomasi). Ilmiy materiallar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Harakatlar strategiyasi”ning ustuvor yo‘nalishlari hamda Milliy g‘oyani rivojlantirish borasidagi targ‘ibot ishlarini mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
respublikada o‘tkazilgan iqtisodiy rayonlashtirish mamlakatning hududiy-iqtisodiy tuzilmasini o‘zida aks ettirganligi, undagi asosiy omil territorial ijtimoiy mehnat taqsimoti ekanligi, rayonlashtirishning asosiy omillari, rayonlararo iqtisodiy aloqalarning amalga oshishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix institutida 2015-2017 yillarda bajarilgan FA-A1-G028 “O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati va uning oqibatlari (1924-1925 y.)” mavzusidagi amaliy loyiha hamda IFA-2012-1-4 “O‘zbekistonning sovet davridagi tarixi (1917-1991 yy.)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 8 yanvardagi 3/1255-42-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar loyiha doirasida chop etilgan “O‘zbekiston tarixi (1917-1991 yy.)” nomli birinchi kitobda rayonlashtirish siyosatining xalq xo‘jaligiga ta’siri masalalarini yoritishga hamda ilmiy ma’lumotlar bilan boyitish va takomillashtirishga xizmat qilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish